AFC U-22. O`zbekiston yoshlar terma jamoasi Iroqdan mag`lub bo`ldi

AFC U-22. O`zbekiston yoshlar terma jamoasi Iroqdan mag`lub bo`ldi

O`zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionati ikkinchi turida Iroqqa qarshi maydonga tushdi.

Bo`lim boshlarida yoshlar terma jamoasi tashabbusni o`z qo`llarida ushlab turdilar, to`pga egalik va hujum tashkil qildilar, lekin hisobni raqib jamoa ochdi. Uchrashuvning 10-daqiqasida o`ng qanotdan jarima maydoniga oshirib berilgan to`pni Marvan Hussayin to`xtatmasdan darvozaga joylab qo`ydi – 1:0. Oradan ko`p o`tmay, 39-daqiqada jarima maydoniga havolatib oshirib berilgan to`pni Mustafo Jari boshi bilan darvozaga yo`lladi – 2:0.

Ikkin bo`limni ham vakillarimiz faol boshlashdi. Futbolchilarimiz hujum qilish uchun ko`plab imkoniyatlar izlashdi. O`yinning 63-daqiqasida chap qanotdan jarima maydoniga oshirib berilgan to`pni Jamshid Iskandarov ajoyib tarzda darvozaga yo`lladi – 2:1. Ushbu goldan so`ng hisob o`zgarmadi.

Shu tariqa O`zbekiston yoshlar terma jamoasi 2-turda Iroqqa mag`lub bo`ldi. Endi O`zbekiston yoshlar terma jamoasi 16 yanvar` kuni Saudiya Arabistoniga qarshi to`p surishadi.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Исмингиз

    O’yinni ko’rib yuraklarim siqilib ketdi. Shuyam o’yinmi?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social