Yoshlar o`rtasidagi Osiyo chempionati birinchi turida O`zbekiston (U-22) terma jamosi Xitoy yoshlari termasiga qarshi maydonga tushdi.
Birinchi bo`lim boshida vakillarimizni ustunligi bilan boshlandi. Kombinatsiyalar, to`pni egallab turish bo`yicha vakillarimizning bir oz ustunligi sezildi. Ammo birinchi bo`limning 34-daqiqasiga kelib hisobni xitoylik futbolchilar ochishga muvaffaq bo`lishdi. Yang Chaosheng jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba yo`llab darvozani ishg`ol qildi. Himoyachilar uni yolg`iz qoldirishdi – 0:1.
Ikkinchi bo`limda to`liq tashabbusga ega bo`lgan O`zbekiston futbolchilari o`yin so`nggida 90-daqiqasida hisobni tenglashtirishga erishdi. Jarima maydoniga uzatilgan to`pni Fomin darvoza tomon yo`naltirdi, uning orqasida turgan Egor Krimets esa to`pni boshi bilan darvozaga joylab qo`ydi – 1:1. Oradan ikki daqiqa o`tib Iskandarovning ajoyib zarbasidan so`ng to`p darvoza to`siniga tegib qaytdi, qaytgan to`pni Sergeev darvozaga yo`llab vakillirimizni oldingga olib chiqdi – 2:1.
Barakalla o’yinni ohirigacha o’ynashdi
МанЮнайтедни натижасини курсатди (90+3 да иккита гол)
da bollaga gap yoq. Ohirida zo’r o’yin ko’rsatishdi
90 daqiqadan keyin 2 gol urishdi. bu uyliman uzbekiston futbolida rekord bulsa kere?