FIFA 2013-yilning eng yaxshi uch nomzodlarni sovrinlar uchun tanlab oldi

FIFA 2013-yilning eng yaxshi uch nomzodlarni sovrinlar uchun tanlab oldi

FIFA va France Football “Oltin to`p” sovriniga sazovor bo`lishi kutilayotgan uchta finalchi ismlarini taqdim etdi, hamda yilning eng chiroyli gol kiritgan va yilning eng yaxshi murabbiy sovrinlariga uchtadan da`vogarlarni tanlab oldi.

Nufuzli bo`lgan “Oltin top” mukofotiga Krishtianu Ronaldu (Portugaliya, “Real”), Lionel Messi (Argetina, “Barselona”) va Frank Riberi (Frantsiiya, “Bavariya”) nomzod bo`lishdi.

So`nggi to`rt yilda sovrinni argentinalik Lionel Messi qo`lga kiritgan edi. Krishtianu Ronaldu faqat 2008-yilda ushbu mukofotni qo`lga kiritgan edi. Frank Riberi esa birinchi marotada ushbu ro`yxatga kirdi.

yilning eng chiroyli goli Ferents Pushkash mukofotining sovrindorlari bu Zlatan Ibragimovich, Nemaniya Matich va Neymar deb aniqlandi.

Aytib o`tish lozimki Ferents Pushkash sovrinini Krishtianu Ronaldu (2009), Xamit Altintop (2010), Neymar (2011), Miroslav Stox (2012) qo`lga kiritishga muvaffaq bo`lishgan.

Eng yaxshi murabbiy mukofoti uchun dortmund “Borussiya”ning murabbiysi Yurgen Klopp, “Bavariya”ning oldingi murabbiyi Yupp Xaynkes va “Manchester Yunayted” sobiq murabbiysi Aleks Fergyuson lar bahs olib borishadi.

Eslatib o`tamiz “Oltin to`p”, yilning eng chiroyli goli va yilning eng yaxshi murabbiyi mukofotlari bo`yicha taqdirlash marosimi 2014-yilning 13-yanvar kuni Tsyurixda bo`lib o`tadi. Ushbu sovrinlarning sohiblari milliy terma jamoalarning murabbiylari va kapitanlari, hamda butun dunyo jurnalistlari tomonidan ovoz berish orqali aniqlanadi.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Фирдавс

    каердан овоз беради мен ёккан мураббийга

  2. bunyod

    messi oladi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social