2014 yil Jahon chempionatining rasmiy to`pi namoyish etildi

2014 yil Jahon chempionatining rasmiy to`pi namoyish etildi

2014-yilda Brazilyada o`tkaziladigan futbol bo`yicha Jahon chempionatining rasmiy to`pi, Brazilyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo`lib o`tgan tadbirda namoyish etildi. Ushbu to`pga “Brazuka” deb nom berildi. Bu nomga 2012-yilda o`tkazilgan internet-tanlovda ishtirok etgan bir milliondan oshiq braziliyaliklarning 70 foizdan ziyod ovoz berganlar. Bu FIFA tarixida birinchi marotaba futbol muhlis va muhlisalari to`p nomini tanlashdi. “Brazuka” yomg`ir vaqtida xam shakli va og`irligi o`zgarmaydi. To`p Adidas firmasi tomonidan ishlab chiqilgan.

“Brazuka” – bu braziliyaliklarning norasmiy va ijobiy tomondan atalashidir, ya`ni “mahalliy braziliyalik” ma`nosini beradi. Shuningdek jahon chempionati tarixida “Brazuka” ranglarga boy to`p ekanligi bilan ajralib turadi.

Bo`lib o`tgan tadbirda “Flamengo” klubi hujumchisi Ernane, Braziliya Kubogi o`yinlarining 2013-yildagi eng zo`r to`p urari, Klarens Zeedorf va Braziliya terma jamoasi tarkibida ikki karra jahon chempioniga aylangan Kafu ishtirok etdi. Kafu bu ajoyib to`p bilan jahon chempionatida ishtirok etolmasligidan afsuslanayotganini aytgan. Uning ta`kidlashicha, braziliyacha ranglar bilan jilovlangan yangi to`p amaldagi besh karra jahon chempioniga omad olib keltiradi.

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Pazi

    Chiroyli to’p ekan

  2. Исмингиз

    Brazuka – chiroyli nom ekan!

  3. Фирдавс

    хааааа яхши экан хамма йоги
    Номи хам ранги хам

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social