“Stok Siti” jamoasi “Sautgempton”ga qarshi kechgan Angliya chempionatining 10-tur o`yinida 12-soniyasini o`zidayoq xisobni ochdi.
Bu ajoyib golning muallifi darvozabon Asmir Begovich bo`lib, u o`zining raqibi bo`lgan polshalik Artur Boruts darvozasini o`zining jarima maydonchasidan top tepib ishg`ol qildi.
Shundan so`ng, Begovich butun Pre`mer-liga tarihidagi raqib darvozasini ishg`ol etgan 5-darvozabonga aylandi. Ilgari shunday muvaffaqiyatga daniyalik Peter Shmeyxel (“Aston Villa”, oktyabr` 2001-yil), amerikalik Bred Fridey (“Blekbern”, fevral 2004-yil), angliyalik Pol Robinson (“Tottenxem”, may 2007-yil) va AQShning yana bir vakili Tim Xovard (“Everton”, yanvar` 2012-yil) erishgan.
Asmir Begovichning bu goli Pre`mer-liganing eng tez gollar ruyxatidan to`rtinchi o`rinni egalladi. 2000-yilgi Pre`mer-liga bahslarida “Tottenxem” ning ximoyachisi Ledli King “Bredford” ga 10-soniyada gol urgan edi. Shunga o`xshash 2003-yilgi o`yinning 10-soniyasida ” N`yukasl “ning forvardi Alan Shirer “Manchester Siti” darvozasini ishg`ol qilgan. 2001-yilgi o`yinlardan birida esa “Lids”ning xujumchisi Mark Viduk “Charlton” darvozasiga 11-soniyada gol kiritishga muvoffaq bo`lgan.
бечора дарвозабон
kamdan kam shunday golarni kurasiz ))) ajoyib va aniq tarzda urilgan!
xa bu sharmanda darvozabonga shunday golni utkazishga, bechora xafa bulgandir (((