Angliya Premyer-ligasi: “Chelsi”-“Manchester Yunayted” bahsida maydon egalari g`alaba qozondi (+GIF)

Angliya Premyer-ligasi: “Chelsi”-“Manchester Yunayted” bahsida maydon egalari g`alaba qozondi (+GIF)

Angliya Prem`er-ligasi 22-turidan o`rin olgan “Chelsi”-“Manchester Yunayted” bahsida maydon egalari g`alaba qozonishdi. Uchrashuv 19 yanvar`, yakshanba kuni Londondagi “Stemford Bridj” stadionida bo`lib o`tdi. O`yinda 3:1 hisobi qayd etildi. “Chelsi” ning barcha gollariga kamerunlik hujumchi Samuel` Eto’O mualliflik qilib, dubl` va xet-trikga erishdi.

Birinchi bo`limni “Manchester Yunayted” juda yuqori saviyada boshlashdi, ketma-ket hujumlar, zarbalar, burchak to`plari, biroq bu hujumlarni golga aylantira oladigan futbolchi topilmadi. “Chelsi” bo`lsa qarshi hujumga asoslangan o`yin olib bordi va 17 daqiqada shunday hujumlarning biri gol bilan yakunlandi. Eto′O raqib jarima maydoni tomon yurish qildi va yo`lida Jonsni aldab, darvoza tomon zarba berdi, 1:0.

Bo`limning so`nggi 45 daqiqasida qanotdan Oskarning uzatmasidan kamerunlik futbolchi Eto′O unumli foydalandi, 2:0. Shu tariqa jamoalar tanaffusga yo`l olishdi.

Ikkinchi bo`limda o`yinga qaytishni niyat qilib maydonga tushgan “Manchester Yunayted” qattiq “zarba” qabul qilib olishdi. 49 daqiqada yana Eto′O burchak to`pidan so`ng o`ziga kelib tushgan to`pni ochiq darvozaga yo`lladi, 3:0.

78 daqiqada “MYu” hisobdagi farqni bittaga qisqardirdi. Chicharito Jonsning uzatmasidan so`ng maydon egalari darvozasini ishg`ol qildi. O`yin yakuniga etishi arafasida mehmonlar himoyachisi Neman`ya Vidich maydondan chetlatildi.

Ushbu uchrashuvdan so`ng, «Chelsi» Angliya chempionati musobaqa jadvalida 49 ochko bilan 3-o`rinni egallab turibdi. 7-o`rindagi «Manchester Yunayted» hisobida esa 37 ochko bor.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. jose

    Jose Mourino Chelsea da xam katta ish qilyapti, yuqori darajaga kutardi ularni

  2. Исмингиз

    Eto’O ni omadi bor ekan

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social