Futbol bo`yicha O`zbekiston olimpiya terma jamoasi, 2012 yili Angliyaning London shahrida bo`lib o`tadigan yozgi olimpiyada o`yinlarida ishtirok etish xuquqini beruvchi saralash bahslarida o`z ishtirokini boshlab yuborishdi. Saralash bahslari guruhlarga bo`lingan holda o`tkazilmoqda. Ular guruhdagi birinchi uchrashuvida Iroq olimpiya terma jamoasiga qarshi to`p surishdi. Ancha qiyin kechgan o`yinda Vadim Abramov shogirdlari 2:0 hisobida g`alaba qozondilar va guruhda birinchi o`rinni egallab oldilar. Guruhdagi boshqa raqiblarimiz: Avstraliya va BAA terma jamoalari o`rtasida kechgan uchrashuvda 0:0 hisobidagi durang natija qayd etilgani sababli, olimpiyachilarimiz 2012 yili Londonda bo`lib o`tishi kutilayotgan Olimpiada uchun o`tkazilayotgan saralash bosqichining guruh bahslarida birinchi o`rinni egallashga muvaffaq bo`ldilar.
Ammo Iroqqa kechgan uchrashuvni aslo oson bo`ldi, deb bo`lmaydi. Ayniqsa birinchi bo`limda o`zbekistonlik futbol muxlislari ancha asabiylashishga majbur bo`ldilar. Raqib tinimsiz ta`qib qilar va O`zbekiston olimpiya terma jamoasining o`yini sira ham qovushmasdi. Aksincha, agarda 28-daqiqada Ahmad Ibrohim qulay imkoniyatdan gol kirita olganida, ahvolimiz ancha tanglashib qolishi tayin edi.
Ikkinchi bo`lim ham avvaliga birinchisiga o`xshash boshlandi. Raqib yigitlarimizni tinimsiz ta`qib qilib, hujum uyushtirish imkoniyatini bermadi. Biroq, 54-daqiqaga kelib o`zbekistonlik futbolchilar nihoyat xavfli vaziyat yarata oldilar. Fozil Musaevning uzoqdan bergan zarbasini darvozabon qaytarib qoldi.
Barchasi maydonga Pavel Smolyachenko o`rniga Kenja To`raev tushirilgach o`zgarib ketdi. Kenja avvaliga juda chiroyli uzatma bilan Temurxo`ja Abduholiqovni qulay imkoniyatga chiqardi va gol urishini ta`minlab berdi. Keyinchalik, Abduholiqovning o`xshamay qolgan zarbasidan so`ng to`pni egallab olib, hisobni 2:0 ko`rinishiga olib kelib qo`ydi.
Endi har doimgidek olimpia termajamoamiz keyingi o`yinlarini intizorlik bilan kutib qolamiz. Biz juda yaxshi boshlaymiz. Lekin nimagadir oxirigacha shu oxangda tugatishni uddalay olmayapmiz. Bu saralash uchrashuvlarini ham, oldingilaridek faqat yaxshi niyatlar bilan kuzatib boramiz. Ishonib qolamizki, bu saralash bosqichlarini qanday boshlagan bo`lsak, shu yo`sinda tugatamiz. Futbolchilarimizga kuch qudrat va oldinda kutilayotgan o`yinlarida faqat g`alabalar tilab qolamiz.
Салом Фазо сайти. Сиз спорт булимда купрок аёл-кизлар футболи хакида хам хикоялар жойлаштирсангиз кизикрок булармиди? Чунки мамлакатимизда аёллар футболи ривожланяпти. Унинг устига айёллар футболига булган кизикиш хам тобора ошиб боряпти. Сайтингиз жуда кизикарли, айникса дизайни яхши.