APL. “Liverpul” qoldirilgan tur o‘yinida “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi

APL. “Liverpul” qoldirilgan tur o‘yinida “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining qoldirilgan 30-turida “Liverpul” va “Manchester Yunayted” jamoalari 19-aprel, seshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Uchrashuvning 5-daqiqasida Luis Dias hisobni ochdi. 22-daqiqada Muhammad Saloh mersisaydliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 68-daqiqada Sadio Mane hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. 85-daqiqada Muhammad Saloh “Liverpul”ning 4-golini urdi va dublni rasmiylashtirdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Liverpul” ochkolari sonini 76 taga yetkazdi va birinchi o‘ringa ko‘tarildi. “Manchester Yunayted” esa 54 ochko bilan 6-pog‘onadan joy olgan.

APL

30-tur bahsi

19-aprel, seshanba

“Liverpul” – “Manchester Yunayted” 4:0

Gollar: 1:0 – 5 Dias, 2:0 – 22 Saloh, 3:0 – 68 Mane, 4:0 – 85 Saloh.

“Liverpul”: Alisson, Aleksander-Arnold, Matip, van Deyk, Robertson, Henderson, Tiago Alkantara (Keyta, 80), Fabinyo (Milner, 84), Saloh, Mane, Dias (Diogu Jota, 70).

“Manchester Yunayted”: De Xea, Uan-Bissaka, Jons (Sancho, 46), Maguayr, Lindelyof, Diogu Dalot, Matich, Pogba (Lingard, 10), Brunu Fernandesh, Reshford, Elanga (Mejbri, 84).

Ogohlantirishlar: Keyta (86), Mejbri (88), Brunu Fernandesh (89).

Kommentlar: 6 komment. 6 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. TT

    yana yow bola qiliwdi myuni rofl

  2. Samandar

    ushadeee, chochvorishdi ulani cool

  3. Rooney

    bulkala, mani davrimda bunaqa narsala bumasdi

  4. Sobir

    good good good good

  5. Shokir

    sad sad sad sad

  6. Saloh

    cool cool cool cool cool cool cool cool cool cool cool

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social