Arsenal Robin van Persini sotmokchi!

Arsenal Robin van Persini sotmokchi!

Londonning  “Chelsi” klubi yanvar oyida “Arsenal” klubidan gollandiyalik Robin van Persini sotib olishga urinib ko`rmoqchi.

Buning uchun “Chelsi ” klubi raxbariyati 25 million funt sterling to`lashga tayyor bo`lib turibdi.  yigirma sakkiz yoshli futbolchining “Arsenal” klubi bilan tuzgan shartnomasi 2013 yilning yoziga qadar davom etishi ko`zda tutilgan. Eslatib o`tmoqchiman, Robin van Persi uchun huddi shuncha mablag`ni Italiyaning “Milan” jamoasi xam taklif etmoqda.

Gollandiya terma jamoasi xujumchisi bu yilgi mavsumda “Arsenal” klubi tarkibida o`n oltita uchrashuvda maydonga tushgan va 13 ta gol kiritgani xolda, 3 golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Shu o`rinda ta`kidlab o`tish lozimki, Robin van Persi aynan “Chelsi”ga qarshi o`tkazilgan uchrashuv vaqtida uchta gol kiritib, jamoasining g`alabasiga katta xissa qo`shgan edi.

“Barselona” klubi va Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Fransesk Fabregas “Arsenal” golurari Robin van Persining ketishi “kanonirlar” uchun juda qimatga tushishi mumkinligini aytib o`tdi.

“Bu yil van Persi “Arsenal”ning ishongan o`yinchisi bo`ldi. U jamoaning muxum o`yinchilardan biri. Bu imkoniyat uning faoliyatidagi so`nggisi bo`lishi mumkin. Agar van Persi qolishni istasa, faoliyatini “Arsenal”da tugatishi aniq. Ammo buni o`zi xal qilishi kerak.” – deb Fransesk Fabregas o`z fiqrni aytib utdi.

Robin van Persining hayotidagi bu eng jiddiy savol bo`lsa kerak, chunki bu uning hayotiga tas`ir etishi aniq. O`ylaymanki, u hayotida qilingan qadamlarida achinmaydigan qaror qiladi. Siz qanday fikrdasiz? Van Persi qaysi klubni tanlaydi?

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. jasur

    xa uyliman, agarda Arsenaldan van Persi ketsa, kanonirlarga qiyinroq buladi,ular tez unga zamena topishlari kerak. a tak van Persiga gap yoq, zor uyinchi!

  2. ummon_uz

    chelsea emas manchester sotib oldiyu

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social