Men bir marta birovning derazasiga qaradim …

Men bir marta birovning derazasiga qaradim …

Ko’p insonlar yillar davomida o’z hayotida hech nima o’zgartirmasdan yashaydilar. Ular har kuni ishga borib, uyga kelishadi va bir xil harakatlarni amalga oshirishadi.

Menda bir odat bor: bir joyga borganimda albatta derazalarga qarab boraman. Yo’q, men to’xtab va tikilib qaramayman, qiziqarli narsa ko’rish umidida shunchaki nazar tashlayman.

Bilasizmi men nimani ko’rdim? Bu derazalarda men ko’rgan barcha odamlar, qanday aytsam… Tirikday? Bir oynada oila kechki payt ovqatlanayotgan edi, barcha kulmoqda va baxtli tabassum ulashmoqdalar. Boshqa oynada go’zal yosh ona o’zining jajji bolalari bilan o’ynab o’tirgan edi. Uchinchi oynada, sevishgan er-xotin birgalikda film tomosha qilar edi. Bir marta esa ikki bolani ko’rdim, ular bir-birini yostiq bilan urishar edi va bundan juda ham hursand edilar.

Bularni barchasini kuzatish juda qiziq edi! Lekin bir kun o’ylanib qoldim va meni g’amginlik bosdi. Boshqa insonlar mening oynamga nazar solsalar nimani ko’rishadi? Xonada kiyimlar har xil joyda yoyilib yotar, pala-partish yotish joyi va kompyuter oldida o’tirgan ozg’in yigitcha… Muhim emas, ular qachon qarashadi, seshanba yoki shanba kuni – xolat har doim bir xil bo’ladi.

Ushbu narsa o’zimni va hayotimni o’zgartirish uchun yaxshi turtki bo’ldi. Umid qilamanki, qachon-ki oyna pardalarim ochiq bo’lganda, kimdir mening oynamga qaraydi va “Bu yigit g’alati … Tirikday?!” – deb o’ylashlari aniq.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. UZKO

    good

  2. Fazo.tv

    smile smile smile smile

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social