Bugun Ispaniya chempionatining 38-oxirgi turi yakunlandi.
Ushbu turda Barselona jamoasi o`z uyida yani Kamp Nouda Atletiko Madrid jamoasini qabul qildi. O`yinning dastlabki daqiqalaridanoq o`yin shiddat bilan tus oldi, chunki ushbu o`yin chempionlik masalasini hal qilar edi.
O`yinning birinchi bo`limining 33-daqiqasida A. Sanches Barselonani oldinga olib chiqdi. Hamda, ikkinchi bo`limning boshlanishida esa D. Godin hisobni tenglashtirdi.
Shu tariqa Atletiko Madrid hisobni shunday ushlagan holda Atletiko Madrid 2014-yilning Ispaniya chempioni nomiga sazovar bo`ldi.
Barselona – Atletiko Madrid 1:1
Gollar: A. Sanches 33′ (Barselona) D. Godin 49′ (Atletiko Madrid)
“Barselona”: Xose Pinto, Dani Alves, Pike, Maskerano, Adriano Korreya, Buskets (Song, 57), Fabregas (Xavi, 77), In`esta, Sanches, Messi, Pedro (Neymar, 62).
“Atletiko”: Kurtua, Xuanfran, Miranda, Godin, Filipe Luis, Gabi, Tiagu, Arda Turan (Raul` Garsiya, 23), Koke, Vil`ya, Kosta (Adrian, 16, Xose Sosa, 72).
барса уйинда устун эди, лекин омад етишмади. балким неймарни уйинни биринчи дакикаларидан тушургани маъкулмиди….?!