«Barselona» va «Yuventus» klublari o‘zaro futbolchi almashishdi.
«Yuventus» yarimhimoyachisi Miralem Pyanich «Barselona»ga o‘tdi. Kataloniyaliklar bosniyalik futbolchining transferi uchun 60 mln yevro to‘lashadi. Shuningdek, yana 5 mln yevro bonuslar ko‘rinishida bo‘ladi. «Barselona» Miralem bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. Uning tovon puli 400 mln yevro qilib belgilandi.
Pyanich 2016 yildan beri «Yuventus» sharafini himoya qilyapti. 30 yoshli futbolchi bu mavsumda barcha musobaqalarda 36ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol urgan va 4ta golga hammualliflik qilgan.
Shuningdek, «Barselona» yarimhimoyachisi Artur faoliyatini Italiyada davom ettiradigan bo‘ldi.
«Yuventus» braziliyalik futbolchi uchun 72 mln yevro to‘laydi. Shuningdek, yana 10 mln yevro bonuslar ko‘rinishida bo‘ladi. Turinliklar Artur bilan 5 yillik shartnoma imzoladilar.
Bu mavsumda futbolchi «Barselona» tarkibida barcha musobaqalarda 28ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol urgan va shuncha golga hammualliflik qilgan.
Juventusdan TOP ish b6ldi! Sarri geniy!
xooo kibrga berilga smaylku
Nega unday deysiz Bobur?
Prosta aytib. qoydim hafamasmisilar uzr hafa qigan bosam zor ekan