Frank Riberi Evropaning eng yaxshi futbolchisi

Frank Riberi Evropaning eng yaxshi futbolchisi

“Bavariya” klubi hamda Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Frank Riberi 2012/13 yilgi mavsumda Evropaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Frantsuz futbolchisi Monakoda bo`lib o`tgan Chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur`a tashlash marosimida jurnalistlar ishtirokidagi so`rovnomada g`olib bo`lib chiqqan.

Frank Riberi «Barselona» hujumchisi Lionel` Messi va «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduni ortda qoldirishga muvaffaq bo`ldi. Shuningdek ushbu nomga boshqa futbolchilar ya`ni, “Bavariya” klubidan — Tomas Myuller, Ar`en Robben i Bastian Shvaynshtayger, “PSJ” klubidan – Zlatan Ibragimovich, “Tottenxem” klubidan Garet Beyl, Dortmundning “Borussiya” klubidan Robert Levandovski  va “Manchester Yunayted” klubida Robin van Persilar xam davogarlik qilgan.

Eslatib o`tamiz, o`tgan mavsum Riberi Myunxen klubi safida Germaniya chempionati hamda kubogini qo`lga kiritgandi, shuningdek, Chempionlar ligasi g`olibiga ham aylangandi.

 

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. жора

    нихоят совринни арзийдиган футболчи олган, Месси еки Роналду олганда дабдала буларди! Рибери арзийди уш бу совринга!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social