Bavariya va Chelsi ChL finalida

Bavariya va Chelsi ChL finalida

 

Barselona – Chelsi

Londonning “Chelsi” klubi o`z tarixida ikkinchi marta Evropa klublari orasidagi nufuzli turnir finaliga chiqdi. “Barselona” bilan o`tgan javob uchrashuvi 2:2 hisobi bilan yakunlandi, ikki o`yin natijasiga ko`ra “Chelsi” klubi “Barselona” ustidan – 3:2 hisobi bilan g`alaba qozondi.

Bir hafta oldin bo`lib o`tgan o`chrashuvda “arestokratlar” minimal hisobda g`alaba qozonishgandi. Shu sabab Gvardiola shogirdlari qanday qilib bo`lsa ham o`z maydonlarida gol urishlari zarur edi. O`yinning birinchi bo`limi Barselonaning to`liq ustunligi ostida o`tdi. “Barsa” o`z ulubida o`yin olib borib, “arestokratlar” darvozasiga yo`l topishga harakat qilishardi. “Chelsi” butun jamoa bo`lib himoyalanardi. “Barsa” bosimi ostida qolgan “Chelsi” o`z darvoza daxilsizligini o`yinning 35 daqiqasigacha saqlab turaoldi. O`yinning 35 daqiqasida esa “Barsa” o`yindagi hisobni ochdi. 37 daqiqada easa, “arestokratlar” sardori Djon Terri Aleksis Sanchesga qilgan qo`polligi evaziga qizil kartochka olib, o`yindan chetlashtirildi. Bu bilan birinchi bo`limni bezagi bo`lgan voqealar tugamadi, bir oz o`tib Messidan to`pni qabul qilib olgan In`esta o`yindagi ikkinchi golni urishga muvoffaq bo`ldi. Birinchi bo`lim oxirlarida esa Ramires ajoyib gol urib, “arestokratlar” ga finalga chiqish umidini uyg`otdi.

Ikkinchi bo`lim ham qizziqarli voqealarga boy bo`ldi. Messi o`n bir metrlik jarima to`pidan unumli foydalana olmadi. “Barsa” ning ketma – ket hujumlariga bardosh bergan “arestokratlar” o`yin so`ngida “Barselona” ni uzil kesil final yo`llanmasidan maxrum qilishdi. Drogba o`rniga tushgan Fernando Torres “Barsa” darvozaboni Valdes bilan yakkama yakka chiqib hisobni 2:2 ko`rinishiga olib keldi.

Shunday qilib “arestokratlar” Evropa Chempionlar Ligasi finalida o`z omadlarini yana bir bor sinab ko`rishadi.


Real – Bavariya

Evropa Chempionlar Ligasi 2011/2012 yilgi mavsum yarim finalida Madridning “Real” klubi o`z maydoni “Sant`yago Bernabeu” da Myunxenning “Bavariya” klubini qabul qildi. Bu ikki jamoa o`rtasidagi birinchi uchrashuv “Al`yants Arena” da bo`lib o`tgan va o`yin 2:1 hisobida “Bavariya” foydasiga hal bo`lgan edi. Ikkinchi uchrashuv asosiy daqiqasida ham 2:1 hisobi bilan mezbonlar foydasiga, yani bu gal “Real” foydasiga hal bo`ldi va uchrashuv g`olibi qo`shimcha 30 daqiqada aniqlanadigan bo`ldi. Lekin hisob qo`shimcha daqiqalarda ham o`zgarmadi. Endi Evropa Chempionlar Ligasi finalchisi nomini aniqlash o`n bir metrlik jarima to`plari tepilishi orqali aniqlanadigan bo`ldi. Bu latareiya bahslarida omad Myunxenlik futbolchilar tarafida bo`ldi. Ular 1:3 hisobida g`alaba qozonishdi.

Endi Myunxenning “Bavariya” klubi 19 may kuni o`z maydoni “Al`yants Arena” da Londonning “Chelsi” klubi bilan Evropa Chempionlar Ligasi kubogi uchun bo`ladigan final o`yinida kuch sinashadi.


Kommentlar: 7 komment. 7 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. kutilmagan jamoalar chikdiyu finalga smile

  2. endi real va barca uchinchi urin uchun uynashadimi?

  3. мана бу натижаларни хеч ким кутмаганди! энди челсига омад тилайман, канча вактдан бери эришаолмай келётган орзуига эришсинлар! Челси омад!

  4. мадрид

    Какани уйинни бошидан тушуриши к-к эди. Блин, бу уйинни деб канчадан – канча асабларим кетди. Шунакаям буладими, ДиМария бир яхши уйин курсатса, базида уйини ухшамай ковотти, тугриси вообще карах буб колду

  5. chelseaga omad, lekin bavariya baribir kuchliroq shunaka hayot afsus 9((

  6. Номаълум

    xa chelsea yutsa xamma shok buladi smile

  7. bavariya bu yil chempion,gap yoq!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social