Beyl ertaga “Real” bilan shartnoma imzolaydi

Beyl ertaga “Real” bilan shartnoma imzolaydi

24-yoshli yarim himoyachi madridning “Real” jamoasiga o`tishi hakidagi xabar butun yoz davomida har qanday futbol ishqibozini tez tez qizziqtirib turgan bo`lsa ajabmas. Xabarlarga qaraganda ushbu hikoya nihoyat o`z yakunini topadigan bo`ldi.

“Tottenxem” jamoasi yarim himoyachisi Garet Beyl ertaga madridning “Real” jamoasi bilan 6 yillik shartnomaga imzo qo`yadi. Xabarlarga qaraganda, “Real” “Tottenxem” jamoasi bilan transfer narxi hakida kelishib olishga erishgan. O`yinchining aniq transfer narxi va uning yillik maoshi haqida shartnoma imzolanganidan keyin e`lon etiladi.

Aytib o`tish kerakki, biroz oldinroq Beyl “Tottenxem”da boshqa to`p surishni istamasligini bildirgan. Garet Beylni o`z safiga qo`shib, “Real” navbatdagi eng katta transferni amalga oshiradi, axir Uel`slik futbolchining transfer narxi, hozirgi kunda dunyo futboli tarixidagi eng katta transfer bo`lishi kutilmoqda.

Garet “Real”da o`zining yoqtirgan 11 tartib raqami ostida to`p suradi, uning yillik maoshi esa madridliklarning eng katta maosh oladigan o`yinchilari qatorida bo`lishga olib keladi. Uel`slik yarim himoyachi “Real” tarkibida Krishtianu Ronaldu va Kaka dan keyin uchinchi eng katta maosh oladigan futbolchiga aylanadi.

Garet Beyl ingliz klubi “Sautgempton” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Sautgempton” jamoasiga 9-yoshli bolani skautlar olib kelishgan, asosiy jamoada o`yinchi sifatida 2005 yildan o`ynay boshlagan. Usha paytda Beyl TeoUolkottdan keyingi “Sautgempton” tarkibida to`p surgan eng yosh futbolchi hisoblanadi. Keyingi mavsumda esa yarim himoyachi 38 o`yinda ishtirok etib 5 ta gol o`rishga muvaffaq bo`lgan.

Usha vaqtda Beylga angliyaning bir nechta etakchi klub skautlari nazari to`shgan. Ular qatorida “Arsenal” bilan “Tottenxem” ham bor edi. Lekin natijada “kanonirlar” qarorlarini Garetning yaqin do`sti – Teo Uolkottda to`xtatganlar. Beyl esa “Tottenxem” safiga o`tgan. Shu vaqtdan beri Beyl hech bir chempionatda g`alaba nashidasini sura olmagan. Bu esa Beylning “Tottenxem” klubini tark etish asosiy sabablaridan biri edi.

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Jamol

    va nixoyat! shuncha vaqt odamlarni stress xolatga kuydiu. endi realda uyini kuramiz )))

  2. Исмингиз

    Ey qoil!!! REAL muhlislari tabriklayman. Safimiz kuchaymoqda!!!

  3. Исмингиз

    endi Realda o’zini ko’rsatishi kerak

  4. umid

    realda parot bulsa, voobshem kulguli buladiu. eshitdizmi yigitlar Mesut Ozil ni va Di Maria ni Arsenal olmoqchi. ular voobshem talant uyinchilar, ish qilib Real dan ketmasalar boldi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social