Buni hamma ham qila olmaydi! Futbol tarixidan…

Buni hamma ham qila olmaydi! Futbol tarixidan…

Futbol maydonidagi “Fair play” (adolatli o’yin) ko’pchilik uchun yangilik emas. To’g’ri, ko’pchilik adolatli o’yin faqat raqib maydonda yotganida, to’pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborish deb tushunishadi. Asosan futbolchilar doimo ham adolatli harakatlar qilmaydi. Haqiqiy adolatli o’yin haqida nemis futbolchisi Feliks Bastiyni yana bir bor eslatdi va u “Bochum” klubi a’zosidir.

Yaqin kunlarda “Bochum” mehmonda ikkinchi Bundesligada “Darmstadt” bilan o’ynadi. Bir vaziyatda Bastians raqib darvoza maydoniga kirib yiqildi – hakam hech shubhasiz jarima belgiladi: “Darmstadt” himoyachisi Feliksni chalgan degan taassurot qoldirdi. Ammo keyin sodir bo’lgan voqea, tomoshabinlar va o’yinchilarni hayratga soldi. Bastians hakam oldiga borib, unga haqiqatan ham tasodifan yiqilganini tushuntirib berdi va unga hech kim tegmagan edi.

Hakam ham hayratda qoldi, lekin o’yinchining fikrlarini eshitgach, u qarorini bekor qildi. Bastiansni “Darmstadt” futbolchilari o’rab oldi, uni quchoqlab va unga minnatdorchilik bildirishdi. Lekin bunday ish yaqqol jamoadoshlariga yoqmadi – usha vaqtga “Bochum” 0:1 hisobida mag’lubiyatga uchramoqda edi va penalti juda foydali bo’lar edi. Biroq, vaqt hamma narsani o’z o’rniga qo’ydi: oxirida mehmonlar ikki marotaba gol urishdi va g’alaba qozonishdi.

“Bunday vaziyat kamdan-kam hollarda sodir bo’ladi. Biroq quvonadigan xech joyi yo’q chunki natijada biz yutqazdik.” – deb o’yindan keyin “Darmstadt” bosh murabbiy Torsten Frings aytib o’tdi.

Ammo “Bochum” murabbiysi Ismoil Atalanning gaplari ancha jazavali edi. U Bastiansning aql bovar qilmaydigan halolligidan g’azablanganini yashirmadi. “Birinchi bo’lib Feliksdan rosa jahlim chiqdi. Lekin hozirda men unga katta hurmat bilan qarayapman.” – deb Bochem murabbiysi aytib o’tdi.

Ehtimol, “Bochum” mag’lubiyatga uchraganda, mutaxasis bunday gaplarni aytmagan bo’lar edi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social