25 sentyabr` kuni O`zbekiston kubogi finalidagi g`oliblik uchun “Nasaf” hamda “Bunyodkor” klublari o`zaro kuch sinashishdi. Qiziqarli kechgan bellashuvda 1:2 hisobi qayd etilib, “Bunyodkor” ning g`alabasi bilan yakunlandi.
O`yinga to`xtaladigan bo`lsak dastlabki bo`limda ikkala jamoada xam bir necha imkoniyatlar bo`ldi. Shu jumladan o`yining 13-daqiqada Farrux Sayfievning jarima maydoni tashqarisidan yo`llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. 27-daqiqada Lutfulla To`raev 18 metrlardan darvozaga kuchli tarzda zarba yo`lladi ammo to`pni Eldorbek Suyunov qaytarib qoldi va jamoasini goldan saqlab qoldi. Shu tariqa birinchi bo`limda hisob ochilmadi.
Ikkinchi bo`limni 51-daqiqasida Lutfulla To`raevning burchakdan uzatib bergan to`pini Oleksandr Pishur boshi bilan darvozaga yo`lladi va hisobni ochdi – 0:1. 63-daqiqada qanotdan to`pni Qoraev Yunusovga tashlab berdi, Ilhom chamasi 30 metrlardan darvozaning uzoq pastki burchagiga kuchli va aniq zarba yo`llab hisobni tenglashtirdi – 1:1. 85-daqiqada chap qanotdan Jasur Hasanovning erlatib oshirib bergan to`pni jarima maydoni markazida turgan Oleksandr Pishur kuchli zarba bilan yakunladi – 1:2. 90+4-daqiqada “Nasaf” hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Erkin Boydullaev boshi bilan darvozaga zarba berdi, Zuhurov to`pni qaytardi.
Shu tariqa “Bunyodkor” 2013 yilgi O`zbekiston kubogi sohibi bo`ldi. Endi “qaldirg`ochlar” hisobida to`rtta kubok bor. Shuningdek ushbu kubok “Bunyodkor” ga OChL yo`llanmasini keltirdi.
o’yin zo’r bo’ldi
Пахтакор чемпион!!!
barakalla Bunyodkor. uziga kelyapti endi!