«Bunyodkor» safar javob o`yinida g`alaba qozonadimi?

«Bunyodkor» safar javob o`yinida g`alaba qozonadimi?

«Bunyodkor» klubi 2012 yilgi Osiyo Chempionlar ligasi yarim final dastlabki o`yinida Janubiy Koreyaning «Ul`san X`yunday» klubiga imkoniyatni boy berdi.

24 oktyabr` kuni Toshkentdagi «Jar» stadionida o`tkazilgan o`yinda amaldagi O`zbekiston chempioni 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuvda hisob 5-daqiqada «Bunyodkor» futbolchilari tomonidan ochildi. Jarima maydonchasi markaziga etkazib berilgan pasdan so`ng yarim himoyachi Javlon Ibrohimov «Ul`san X`yunday» darvozasini ishg`ol qilishga muvaffaq bo`ldi. Biroq, janubiy koreyalik futbolchilar o`yin davomida iroda ko`rsatib, g`alaba qozonishga muvaffaq bo`lishdi.

30-daqiqada Rafin`ya hisobni tenglashtirgan bo`lsa, 52-daqiqada Kim Shin Vuk «Ul`san»ni hisobda oldinga olib chiqdi. 72-daqiqada Li Kun Xo hisobdagi farqni ikkitaga oshirdi. 3:1 hisobi o`yin oxirigacha saqlanib qoldi.

Javob uchrashuvi 31 oktyabr` kuni Janubiy Koreyada bo`lib o`tadi. Agar ikki o`yin natijasiga ko`ra «Bunyodkor» musobaqaning final o`yini yo`llanmasini qo`lga kirita olsa, 2012 yilgi Osiyo Chempionlar ligasi final uchrashuvini 10 noyabr` kuni Toshkentdagi «Paxtakor» stadioni qabul qiladi. Buning uchun «Bunyodkor» safarda o`tkaziladigan javob o`yinida kamida uchta to`p farqi bilan g`alaba qozonishi kerak.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Номаълум

    javob uchrashuvdan umid yoq lekin, kamida teng xisob bilan uynashlari mumkin buladi

  2. энди хаммаси жамоамизга боглик

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social