“Bunyodkor” stadionining rasmiy ochilish marosimi

“Bunyodkor” stadionining rasmiy ochilish marosimi

Bugun, 28 sentyabr` kuni, Toshkentda shu yilning avgust oyida qurilishi yakunlangan “Bunyodkor” stadionining rasmiy ochilish marosimi o`tkazildi.

small;”>Yurtimiz mustaqilligining 21 yilligiga munosib sovg`a bo`lishga ulgurgan ajoyib majmuaning rasmiy ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Hozirda ushbu ulkan stadion 34 ming tomoshabinni o`z bag`riga sig`dira oladi. 

Tantanali ochilish marosimiga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va O`zbekistonda akkreditatsiyadan o`tgan diplomatik korpus vakillari ham tashrif buyurishdi.

Qurilishi ikki yil davom etib va ancha mish-mishlarga sabab bo`lgan bu stadionda nihoyat birinchi futbol uchrashuvi bo`lib o`tdi. Bu o`yinda yurtimiz etakchi ikki jamoalari, O`zbekiston chempioni Toshkentning “Bunyodkor” va O`zbekiston Kubogi sovrindori Toshkentning “Paxtakor” klublari o`rtasida do`stona uchrashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuvda 3:3 hisobidagi jangovar durang qayd etildi.

Futbol uchrashuvi yakuniga etkanidan keyin,  ochilish marosimini o`zbek estradasi xonandalarining kontsert dasturi davom etdi.

1

2

3

Kommentlar: 6 komment. 6 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Azim

    Juda chiroyli. Qaniydi endi komandalarimizam shu stadionga o’hshab chiroyli futbol ko’rsatganida edi.

  2. Gol

    Стадионга гап йук, жуда ажойиб, канийди шу футболчиларимиз хам мана шу стадион ва мухлисларнинг куллаб кувватлашига яраша уйин курсатишганида жуда яхши буларди

  3. bek

    to’g’ri kechagi uchrashuv do’stona tarzda o’tdi, buni futbolchilarning bir birlariga bo’lgan munosabatdan ham bilish mumkin edi

  4. Номаълум

    ajoyib

  5. Номаълум

    gazoni lekin unchalik yaxshimas, birinchi taymdan so’ng shunaka dabdala buldiki

  6. Номаълум

    Bizanikila yoqqa gazon ekishgan shuning uchun maydon yahshi bo’lmadi. Agar ular gazonni o’rniga beda yoki pahta ekkanida zo’r maydon bo’lardi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social