O`smirlarimiz jahon chempionati ishtirokchisi

O`smirlarimiz jahon chempionati ishtirokchisi

Futbol bo`yicha 16 yoshgacha bo`lgan o`smirlar terma jamoamiz Osiyo chempionati yarim final yo`llanmasi bilan birgalikda, BAA da bo`lib o`tadigan jahon chempionati yo`llanmasiniyam qo`lga kiritishdi.

Vakillarimiz Osiyo chempionati yarim finali yo`llanmasi  uchun Janubiy Koreya yoshlari terma jamoasiga qarshi maydonga tushishdi va bu uchrashuv hamyurtlarimiz g`alabasi bilan o`z nixoyasiga etdi.

Uchrashuvda yutgan jamoa nafaqat yarim final yo`llanmasini, balki yarim final yo`llanmasi bilan birgalikda BAA da bo`lib o`tadigan jahon chempionati yo`llanmasini ham qo`lga kiritar edi. Shu sabab bu o`yinda g`alabani o`z tomonlariga og`dirish har ikkala jamoa uchun juda muhim edi. Va bu g`alabani xaqli tarzda o`smirlarimiz qo`lga kiritishdi.

O`yinda birinchi bo`lib hamyurtlarimiz gol kiritishga muvaoffaq bo`lishdi. Ketma – ket uyushtirilgan hujumlar oxir oqibat o`z natijasini berdi. Gol muallifi Akobir To`raev.

O`tkazib yuborilgan goldan keyin Janubiy Koreya o`smirlarining xujumlari tobora xavfli tus ola boshladi. Birin ketin uyushtirilgan hujumlarni – bir himoyachilarimiz ishonchli harakat qilib, raqib xujumlarini bartaraf etishgan bo`lishsa, ba`zi birlarida esa darvozabonimiz Sarvar Karimov o`z maxoratini namoish etdi.

Uchrashuv asoasiy vaqtiga hakam tomonidan besh daqiqa qo`shib berildi. Mana endi muxlislarimiz ekran oldiga yanada yaqinroq joylashib olishganlari tabii hol. Sababi oxirgi vaqtlarda futbol jamoalarimizdan o`yinning aynan oxirgi daqiqalarida omad yuz o`girayotgan edi, va shunday ham bo`ldi. O`smirlarimiz o`z darvozalariga to`p o`tkazib yuborishdi. Tabloda hisob 1:1 ni ko`rsatib turgan bir paytda hakam xushtagi yangradi va o`yin shu hisobda o`z nihoyasiga etdi.

O`yindagi g`olib jamoa 11 metrlik jarima to`plaridan aniqlanadigan bo`ldi. Bu gal o`smirlarimiz ajoyib irodalarini namoish qilishdi va chindan ham kerakli bo`lgan g`alabani qo`lga kiritishdi.

Bu g`alaba bilan barcha barcha yurtdoshlarimizni muborakbod etamiz! G`alaba muborak aziz yurtdoshlar!

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. zohid

    balli bolla, kecha ko’rib mazza qildu

  2. Gol

    молодцы, зур уйнашди ярим финал билан бирга ярим финал эшиклариям очилсин

  3. Номаълум

    Котталани кучи етмаяпти, чота ёгли ошлани жа куп йиворишвотти. Умидимиз мана шу ёшлага энди. Омад ва яна омад!

  4. Номаълум

    Yahshi. Barakalla o’g’lonlarimiz!

  5. baxti

    molodec uzbek usmirlar! kattalarni urgatinglar xam qanaka uynash kerak!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social