Londonning “Chelsi” futbol klub himoyachisi Jon Terri shu mavsum tugagach jamoani tark etadi.
35 yoshli londonliklar kapitanining shartnomasi 2016-yilning iyun` ohirida tugashi kerak, rahbariyat esa o`yinchiga yangi shartnoma tuzmaslikga qaror qilgan.
Yakshanba kuni, 31 yanvar`, 1/16 Angliya Kubokda “Milton-Kins Dons” ustidan 5:1 hisobdagi g`alabadan so`ng Terri vaziyatni tushuntirdi: “Afsuski, men martabamni ushbu klubda tugatolmayman. Men buni boshqa joyda qilsam kerak. Muxlislarimga yagona narsani va`da berishim mumkin – men keyinchalik hech bir angliya klubida o`ynamayman. Chunki men bunday qilolmayman.”
Terri “Chelsi”da 1995-yil qo`shilgan va asosiy tarkibda maydonga birinchi marotada 1998-yilda tushgan. U jamoa tarkibida 478 o`yin o`tkazib, ularda 40 gol kiritishga muvaffaq bo`ldi. Angliya terma jamoasida esa 78 o`yin o`tkazgan.
Terri “Chelsi” bilan to`rt karra Angliya chempioni (2004/05, 2005/06, 2009/10, 2014/15), besh marotaba Angliya Kubok sohibi (2000, 2007, 2009, 2010, 2012), uch marotaba Angliya liga Kubok sohibi (2005, 2007, 2015), bir marotabadan Chempion Ligasi (2012) va Evropa Ligasi (2013) sohibi bo`lgan.
Manba: rambler.ru