UYeFA ijroqo‘mi yevrokuboklarning qoldirilgan qismi bo‘yicha qarorini e’lon qildi.
Chempionlar Ligasining yakuniy qismi «Sakkizlar finali» ko‘rinishida Portugaliya poytaxti Lissabonda, «Eshtadiu da Lush» va «Joze Avalade» stadionlarida o‘tkaziladi.
Chorakfinal bosqichi 12-15 avgust kunlari, yarimfinal bosqichi 18-19 avgust kunlariga rejalashtirilgan va 1ta o‘yindan iborat bo‘ladi. Final 23 avgust kuni o‘tkaziladi.
1/8 finalning qoldirilgan o‘yinlari 7-8 avgust kunlariga belgilangan. Hozircha bu bosqichdan chorakfinalga «PSJ», «Atletiko», «RB Leypsig» va «Atalanta» yo‘l olgan. Qolgan yo‘llanmalar uchun «Barselona» – «Napoli» (birinchi o‘yin — 1:1), «Bavariya» – «Chelsi» (birinchi o‘yin — 3:0), «Yuventus» – «Lion» (birinchi o‘yin — 0:1) va «Manchester Siti» – «Real» (birinchi o‘yin — 2:1) bahslari o‘tkaziladi.
Yevropa Ligasi 1/8 finalining javob bahslari 7-8 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Chorakfinal va yarimfinal bosqichi 1ta o‘yindan iborat bo‘ladi va Germaniyaning Kyoln, Duysburg, Dyusseldorf va Gelzenkirxen shaharlarida o‘tkaziladi. Finalni Kyoln qabul qiladi. Bu bahslar 10-21 avgust kunlariga oralig‘ida bo‘lib o‘tadi.
Bir gap aytemi jonimga ham tegib. ketdi birinci bolib. pocimlaberiw