Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasining yakuniy formati e’lon qilindi

Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasining yakuniy formati e’lon qilindi

UYeFA ijroqo‘mi yevrokuboklarning qoldirilgan qismi bo‘yicha qarorini e’lon qildi.

Chempionlar Ligasining yakuniy qismi «Sakkizlar finali» ko‘rinishida Portugaliya poytaxti Lissabonda, «Eshtadiu da Lush» va «Joze Avalade» stadionlarida o‘tkaziladi.

Chorakfinal bosqichi 12-15 avgust kunlari, yarimfinal bosqichi 18-19 avgust kunlariga rejalashtirilgan va 1ta o‘yindan iborat bo‘ladi. Final 23 avgust kuni o‘tkaziladi.

1/8 finalning qoldirilgan o‘yinlari 7-8 avgust kunlariga belgilangan. Hozircha bu bosqichdan chorakfinalga «PSJ», «Atletiko», «RB Leypsig» va «Atalanta» yo‘l olgan. Qolgan yo‘llanmalar uchun «Barselona» – «Napoli» (birinchi o‘yin — 1:1), «Bavariya» – «Chelsi» (birinchi o‘yin — 3:0), «Yuventus» – «Lion» (birinchi o‘yin — 0:1) va «Manchester Siti» – «Real» (birinchi o‘yin — 2:1) bahslari o‘tkaziladi.

Yevropa Ligasi 1/8 finalining javob bahslari 7-8 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Chorakfinal va yarimfinal bosqichi 1ta o‘yindan iborat bo‘ladi va Germaniyaning Kyoln, Duysburg, Dyusseldorf va Gelzenkirxen shaharlarida o‘tkaziladi. Finalni Kyoln qabul qiladi. Bu bahslar 10-21 avgust kunlariga  oralig‘ida bo‘lib o‘tadi.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Muhammad Bobur

    Bir gap aytemi jonimga ham tegib. ketdi birinci bolib. pocimlaberiw

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social