Chexiyada penaltilar seriyasida futbolchilar 52 marta zarba berishdi

Chexiyada penaltilar seriyasida futbolchilar 52 marta zarba berishdi

Chexiya beshinchi divizionidan o’rin olgan “Batov-1930” – “Frishtak” uchrashuvidan keyingi penaltilar seriyasida futbolchilar jami 52 marta zarba berishdi.

Asosiy va qo’shimcha vaqt 3:3 hisobida yakunlandi. O’yindan keyingi penaltilar seriyasida “Batov-1930” 22:21 hisobida g’alaba qozondi.

“Biz rekord o’rnatganimizni bildim. To’g’risini aytsam 20-zarbadan so’ng uyga ketishni istadim”, – deydi “Frishtak” prezidenti Vratislav Rudolf.

Bu eng uzun penaltilar seriyasi bo’lgani aytilmoqda. Bundan oldingi dunyo rekordi 2005 yil 23 yanvar sanasida Namibiya kubogi doirasida qayd etilgandi. “KK Pelas” va “Siviks” uchrashuvidan keyingi penaltilar seriyasida futbolchilar 48ta zarba berishgandi. “Pelas” 17:16 hisobida zafar quchgandi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social