Bugun Konfederatsiyalar Kubogi doirasidagi A guruhining 3-tur o’yinlari bo’lib o’tdi. Unda pley-offga Portugaliya va Meksika terma jamolari chiqishdi.
Portugaliya Yangi Zelandiyaga qarshi maydonga tushib, raqib darvozasiga javobsiz 4ta gol kiritdi.
Umumiy hisobda Portugaliya terma jamoasi 7 ochko to’plab, guruhda 1-o’rin bilan keyingi bosqichga yo’l oldi. Yangi Zelandiya esa 3ta o’yinning barchasida mag’lubiyatga uchradi.
Yangi Zelandiya 0:4 Portugaliya
Gollar: 0:1 – 33, penalti Ronaldu, 0:2 – 37 Bernardu Silva, 0:3 – 80 Andre Silva, 0:4 – 90 Nani.
Yangi Zelandiya – Marinovich, Dyurent (Smelts, 74), Smit, Doyl, Boksell, Roxas, Lyuis (Barbaruses, 65), Tomas, Vud, Ingem, Makglinchi (Tuiloma, 37).
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Pepe, Elizeu, Nelson Semedu, Alvesh, Bernardu Silva (Pitstsi, 46), Danilu Pereyra, Moutinyu, Kuarejma (Jyelson Martinsh, 84), Andre Silva, Ronaldu (Nani, 67).
Guruhning ikkinchi o’yinida Meksika Rossiyaga qarshi maydonga tushdi va uchrashuv Meksikaning 2:1 hisobidagi g’alabasi bilan yakunlandi.
Umumiy hisobda Meksika ham 7 ochko to’plab, qo’shimcha ko’rsatkichlar borasida Portugaliyadan keyin, 2-o’rin bilan pley-offga chiqdi. Rossiya esa 3 ochko bilan musobaqadagi kurashni to’xtatdi.
Meksika 2:1 Rossiya
Gollar: 0:1 – 25 Samedov, 1:1 – 30 Arauxo, 2:1 – 52 Losano.
Meksika – Ochoa, Moreno, Reyyes (Reyyes, 39), Layyun, Guardado (Alanis, 70), Losano, Dos Santos, Vela (Akino, 46), Errera, Arauxo, Ernandes.
Rossiya – Akinfeyev, Vasin, Djikiya, Kudryashov, Glushakov, Samedov, Golovin, Yeroxin (Smolnikov, 70), Jirkov, Smolov (Kanunnikov, 78), Buxarov (Poloz, 64).