O`zbekiston olimpiya terma jamoasi Dubayda o`tkazilgan «MatchworldCup 2012» turniri final bosqichida Sankt-Peterburgning “Zenit” jamoasiga yirik hisobida – 0:5 ga mag`lub bo`ldi. Bu o`yinning bunday hisobga etishiga ko`proq bosh hakam Faxad Al Kassarning qarori sabab bo`lgan desak adashmaymiz. O`yinning 5 daqiqasining o`zidayoq Faxad Al Kassar O`zbekiston olimpiya terma jamoasi darvozaboni Akbar Turaevni maydondan chetlatdi va O`zbekiston olimpiya terma jamoasining darvoziga 11 metrlik jarima to`pini belgiladi.
Bunday ruhiy zarbadan keyin Rossiya chempioniga qarshi to`p surish olimpiya terma jamoamiz o`yinchilari uchun juda qiyin bo`ldi. Bunday yirik mag`lubiyatga qaramasdan, aytib o`tishimiz mumkinki olimpiya o`yinchilarimizning “Zenit” klubiga qarshi ko`rsatgan o`yini munosib ravishda o`tdi.
Toshkentning “Bunyodkor” klubiga bu turnirda uchinchi o`rin nasib qildi. Uchinchi o`rin uchun bo`lib o`tgan o`yinda O`zbekiston chempioni Ukrainaning “Shaxtyor” (Donetsk) jamoasi bilan to`p surdi va uni mag`lubiyatga uchratdi.
Natijada futbol bo`yicha xalqaro Dubai Matchworld Cup-2012 turnirida birinchi o`rinni “Zenit” jamoasi, ikkinchi o`rinni esa O`zbekiston olimpiya terma jamoasi va uchinchi o`rinni esa “Bunyodkor” jamoasi egalladi.
Aytib o`tishimiz joyizki ushbu xalqaro turnirda O`zbekiston olimpiya terma jamoasi va O`zbekiston chempioni “Bunyodkor” klubi yuqori saviyali o`yinni ko`rsatdi va juda yaxshi ishtirok etdi. Umid qilamizki mavsum oldida tayyorgarlik vazifasini o`tab beruvchi bu turnir jamoalarimiz uchun o`z oldilariga qo`ygan maqsadlariga erishishda juda yaxshi foyda beradi.
Uzbekiston jamoalarga gap yoq, molodci, shu tarzda ketursa ko’p sovrinlarga ega buladi
мана сизга Узбекистон, мен хаттоки эшитмаганман уш бу чемпионат хакида! бу сайтда биринчи мартда эшитдим.лекин молодцы узбек биродарларимиз, уйлиман улар яхши уйин курсатганлар!!!
Бизлани болла каттаю россия чемпиони катта. но ман бизнинг футболимиз ривожланишини куриб роса хурсанд бувомман. офарин болла
Kecha televizordan dzudo bo’icha Jahon Chempionatini ko’rdim. Mazza qildim. Bizani Abdullo Tangriev oltin medal oldi. Madhiyamiz yangragashini eshtib ko’zlarim namlanib ketti. ABDULLOaka sizga gap yo’q. Sizga katta rahmat oka.
Айтганча мен хам Россия каналидан курдим. Россияни Тюмень шахрида булиб утган жахон чемпинатида Тангриев боплади. Финалда венгриялик курашчини думалатти. Байрогимиз яна бир бор юкорига кутарилди. Гап йук. Худойим Узбекистонни янада баракаласин!
uzbekiston olg’a!!!
Faqat olg’a!