Aktyor Dueyn Jonson barcha pullarini qishlog‘idagi quduq qazilishiga sarflagan UFC jangchisiga uy sovg‘a qildi

Aktyor Dueyn Jonson barcha pullarini qishlog‘idagi quduq qazilishiga sarflagan UFC jangchisiga uy sovg‘a qildi

Aktyor va WWE sobiq yulduzi Dueyn Jonson UFC jangchisi Temba Gorimboga uy sovg‘a qildi. Nega Jonson mashhur bo‘lmagan jangchiga yordam berdi?

Gorimbo UFC’ga o‘tganidan so‘ng sportzalda yashagan va hisobida 7 dollar pul bo‘lgan. U bisotidagi hamma narsani sotib, pullarni Afrikadagi qishlog‘ida quduq qurilishiga sarflagan

Temba Gorimbo — UFC yarim o‘rta vazn toifasida jang qiladigan 32 yoshli sportchi Zimbabveda tavallud topgan va keyinchalik AQSHga ko‘chib o‘tgan. U fevral oyida promoushendagi debyutini o‘tkazgan. Ilk jangida mag‘lubiyatga uchragan Gorimbo may oyida ikkinchi jangida ishtirok etgan. Takashi Satoga qarshi oktagonga ko‘tarilib, uni mag‘lub etgan. Bu Temba uchun muhim g‘alaba edi.

“Fevraldagi mag‘lubiyatni juda og‘ir qabul qildim. UFC bilan shartnoma imzolasang, ishtiroking uchun 10 ming dollar, g‘alabang uchun 10 ming dollar olasan. 30% soliqlarga ketsa, yana 10 foizini murabbiyga beriladi. Men parvozlar va mehmonxonalar uchun 2 ming dollar to‘ladim. Agar mag‘lub bo‘lsang, uyinga hech vaqosiz qaytasan”, — tushuntiradi Gorimbo.

Satoga qarshi jang oldidan unda 7 dollar pul bor edi va murabbiy Daniel Valverdega qarashli MMA Masters sportzalida tunab qolardi. Ba’zan ovqat ham bo‘lmasdi, o‘shanda Kolbi Kovington uni ko‘rishga tez-tez kelib turgan. “Yaxshi g‘alabaga erishdim, keyinchalik yana ko‘plab zafarlar quchaman. Agar UFC tomonidan beriladigan tekin ovqat bo‘lmaganda, barchasi boshqacha bo‘lishi ham mumkin edi. Minnatdorman”, — deydi Gorimbo.

G‘alabadan keyin Gorimbo 7000 dollarlik jihozlarini sotib, uni uy olishga emas, Zimbabvedagi qishlog‘ida odamlar yaxshi yashashi uchun quduq qazilishiga sarfladi. Bu haqida Dueyn Jonson xabar topadi: “Bir paytlar menda ham 7 dollar bor edi. Men ham ushbu kurashda ishtirok etganman. Men senga yordam beraman, do‘stim”, — dedi.

Jonson tomonidan 2012-yilda asos solingan Seven Bucks studiyasi nomiga aynan 7 dollar sarflangan. “Men va u, biz Seven Bucks’ning yigitlarimiz. Endi siz yetti mening baxtli raqamim ekanligini bilasiz”, — dedi Gorimbo kumiri bilan uchrashuvda.

Bu voqea Temba Mayamidagi sportzalda intervyu berayotgan vaqtda yuz berdi. Jonson uning ortidan keldi va Gorimbo uni ko‘rdi va xursandligidan ko‘zidan yosh chiqib ketdi. Uchrashuv vaqtida aktyor sportchiga uy sovg‘a qildi.

“Biz hech qachon ko‘rishmaganmiz, lekin men aynan shu insonni ko‘rish, uning ko‘ziga qarash, qo‘lini siqish uchun Mayamiga uchib keldim. Bu voqea menga ta’sir qildi va ruhlantirdi. O‘ziga uy qidirish o‘rniga u qishlog‘idagi quduq qurilishi uchun sarflagan. U mendan hech narsa so‘ramadi, lekin men yordam berishni xohladim”.

Gorimbo 13 yoshida ota-onasidan ayrilgan, Afrika chegarasidan o‘tishda vafot etishi mumkin edi

• Gorimbo 13 yoshida ota-onasidan ayrilgan. 16 yoshida esa ochdan o‘lmaslik uchun noqonuniy ravishda olmos maydonlariga kirgan.

• O‘sha olmos maydonlarida uni it tishlab olgan: “Bolaligimda juda ko‘p voqealarni boshdan kechirganman, ko‘z oldimda odamlar vafot etardi. Olmos maydonlarida ishlaganimda, politsiya odamlarni shunchaki otib tashlardi. Hattoki, odamlar olmos kontrabandasi tufayli bir-birini o‘ldirardi”.

• Zimbabvedan JARga qochib ketgan. Birinchi urinish muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Uni ushlab olishgan va Zimbabvega deport qilishgan. Ikkinchi urinishda esa uni o‘ldirib qo‘yishlari mumkin edi:

“Avval odamlar ko‘z oldimda o‘ldirilishini ko‘rardim. Men bilan esa bu hodisa ilk bor bo‘lishi edi. Men noqoquniy ravishda JAR chegarasiga o‘tayotgandim.

Bizni jinoyatchilar ushlab oldi. Ularni ko‘rib, sheriklarim qochib ketdi. Men esa yerga yotib oldim, jinoyatchilar esa sheriklarimni quvlab ketdi”. Shu tariqa Gorimbo JAR tomonga o‘tib ketgan.

• “Hech qachon taslim bo‘lma” filmi orqali MMA’ga muhabbat qo‘yadi va 19 yoshida sport bilan shug‘ullana boshlaydi. Mashg‘ulotlardan uch oy o‘tib, ilk jangini o‘tkazadi va g‘alaba qozonadi.

Kommentlar: 15 komment. 15 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Какой молодец!!!

  2. Qoyil! Juda yaxwi insonakan!

  3. Ajoyib insonlar shunaqa insonlar koʻpaysin Inshaalloh

  4. Rock bb

  5. Barakalla!

  6. Shodiya

    Menga ham uy olib bersin, bitta kichkina ham bo’ladi

  7. Shodiya

    Rostan rofl

  8. Mangayam bumasa laugh

  9. Ha menga ham kerak uy olib bersa rosayam zor boʻlardi

  10. Amerikada iloji busa laugh

  11. Shodiya

    Samarqanda ham bo’luradi smile

  12. Tohirbek

    Malades!

  13. Gulmira

    good

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social