Dunyoning eng qariya futbolchisi o`z shartnomasini uzaytirdi

Dunyoning eng qariya futbolchisi o`z shartnomasini uzaytirdi

47 yoshli hujumchi Kazuesi Miura, rasmiy ravishda dunyoning eng qariya professional futbolchisi deb tan olindi va u hozircha butsalarini mihga osmoqchi emas.

Miura Yaponiyaning ikkinchi divizion “yokogama” klubida o`z faoliyatini davom ettirmoqda. Yangi shartnoma tugaganida futbolchi 48 yoshga kirgan bo`ladi. O`tgan mavsumda Miura milliy chempionatda to`rt marotaba maydonga tushgan.

Keksa o`yinchi o`zining birinchi professional shartnomasini 1986-yilda tuzgan va o`sha vaqtda “Santos” klubida o`ynagan edi. Bir necha Braziliya klublarini almashtirib, xujumchi “Djenoa” klubiga o`tgan va 1994-yilda A Seriya dagi birinchi Yaponiyalik bo`lgan. 2005-yilda “Sidney” ga o`tib omadsizlikga uchradi, keyinchalik Miura o`z vataniga qaytib keldi, shu bilan u to`rtda kontinetda o`ynashga muvoffaq bo`lgan.

O`zoq vaqt professional futbol o`ynash rekordchisi Shotlandiyalik Nil MakBeyn bo`lib, u “N`yu-Brayton” jamoasida 1947-yilda 51 yoshgacha o`ynagan edi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social