EChL 1/8 finali qur`a natijasi

EChL 1/8 finali qur`a natijasi

Bugun Toshkent vaqti bilan soat 15:30 da Evropa Chempionlar Ligasiga 1/8 final bosqichiga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi.  EChLning 1/8 finaliga chiqqan barcha 16 jamoa nomi 5 dekabrda aniq bo`lgandi.  

Reglamentga ko`ra, 1/8 finalda bir guruhdan chiqqan va bir davlatdan bo`lgan jamoalar bir-birlariga ro`baro bo`lishlari mumkin emas. Guruh g`oliblari pley-offning birinch o`yinlarini safarda o`tkazishadi.

1/8 finalning o`zida “Arsenal” – “Bavariya”, “Milan” – “Barselona” va “Real” – “Manchester Yunayted” kabi juftliklar hosil bo`ldi.  

Qur`ada hosil bo`lgan barcha juftliklar bilan tanishing:

Galatasaroy – Shal`ke
Seltik – Yuventus
Arsenal – Bavariya
Shaxtyor – Borussiya Dortmund
Milan – Barselona
Real Madrid – Manchester Yunayted
Valensiya – PSJ
Portu – Malaga

1/8 finalnig dastlabki o`yinlari 2013 yilning 12−13 va 19−20 fevral` kunlari, javob bahslari esa 2013 yilning 5−6 va 12−13 mart kunlari bo`lib o`tadi.

Keyin 1/4 final bosqichiga alohida qur`a tashlanadi. 1/4 finalda hech qanday cheklov bo`lmaydi. Ya`ni istalgan jamoa istalgan jamoaga qarshi o`ynashi mumkin bo`ladi. 

Bugun shuningdek, Evropa Ligasining pley-off bahslariga qur`a tashlandi.

Unda Sankt-Peterburgning “Zenit” jamoasi “Liverpul`” bilan bellashsa, “Anji” Germaniyaning “Gannover” klubi bilan kuch sinashadigan bo`ldi.

Qolgan juftliklar bilan tanishing:

“Zenit” Rossiya – “Liverpul`” Angliya
“Atletiko” Ispaniya – “Rubin” Rossiya
“Anji” Rossiya – “Gannover” Germaniya
BATE Belarus` – “Fenerbaxche” Turkiya
“Inter” Italiya – ChFR Ruminiya
“Levante” Ispaniya – “Olimpiakos” Gretsiya
“Dinamo” Kiev – “Bordo” Frantsiya
“Bayer” Germaniya – “Benfika” Portugaliya
“N`yukasl” Angliya – “Metallist” Ukraina
“Shtutgart” Germaniya – “Genk” Bel`giya
“Ayaks” Gollandiya – “Styaua” Ruminiya
“Bazel`” Shveytsariya – “Dnepr” Ukraina
“Sparta” Chexiya – “Chelsi” Angliya
“Borussiya” Menxengladbax – “Latsio” Italiya
“Tottenxem” Angliya – “Lion” Frantsiya
“Napoli” Italiya – “Viktoriya” Pl`zen` Chexiya

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Номаълум

    Милан” – “Барселона” ва “Реал” – “Манчестер Юнайтед” каби жуфтликлар – daxshat uyin kursatishadi )))

  2. Барса билан Реал кейинги боскичка утишмаса жуда яхши буларди + киззикарли буларди

  3. balki bu uynlarda Milan Barsani ustidan yirik xisob bilan galaba qozonadi ))

  4. Номаълум

    ёки Манчестер Юнайтед ёки Боруссия Дортмунд голиб булади!

  5. Номаълум

    rial man unaydt xisob

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social