Arteldan yangilik! (+foto)

Arteldan yangilik! (+foto)

Artel o`zining shaxsiy brend ostida mobil telefonlarni ishlab chiqarishni boshladi. O`zbekistonda Artel brendli kompaniya mobil telefonlarni chiqarishni boshlaydi, degan xabarlar bir necha oy oldin bo`lgan edi.

20 dekabrdan boshlab Artelninng 5ta  xar xil modellari sotuvga chiqadi, ulardan ikkita smartfonlardir. Ishlab chiqaruvchining so`zlariga qaraganda, ush bu moslamalar xorijnidan xech qolishmaydi. Mobil telefonlar katta xizmat vazifa yig`imiga va zamonaviy dizayniga ega.

Bu bozordagi o`zbek tilidagi birinchi telefon. yilning oxirgacha kompaniya 40 mingga yaqin telefonlarni chiqarmoqchi. Keyingi yilda esa ishlab chiqarish 500 mingtaga  chiqishi mumkin.

Moslamalarning narxi xorijiy o`xshashliklardan 30% arzonroq bo`ladi. Mobil telefonlarga bir yil kafolat beriladi va butun O`zbekiston buyicha servis xizmati ko`rsatilidi.

Pasta esa biz ush bu Artel telefonlarning texnik xususiyatlarni taqdim etamiz: 

Artel Adi5

Android 4 operatsion tizimi ostida ishlaydigan Artel Adi5 smartfoni ajrata olishi 480×800 piksel` bo`lgan 4 dyuymli WVGA displeyi bilan ta`minlangan. Qurilmada 5 megapikselli fotoapparat bor. Ushbu qurilmaga 1,2 gigagertsli MSM 8225 protsessori o`rnatilgan. Qurilmaning doimiy xotirasi 1,32 gigabaytga, operativ xotirasi esa 512 megabaytga teng. Xotira kartasi esa 4 gigabayt. Smartfon GSM 850/900/1800/1900 Mhz tarmoqlarini, Wi-fi, 3G, Bluetooth va GPS ni qo`llab-quvvatlaydi.

Artel Komi3

Artel Komi3 smartfoni esa Android 2.3.6 tizimi ostida ishlaydigan bo`lib, GSM 900/1800 tarmoqlari, Wi-fi, Bluetooth, GPS ni qo`llab-quvvatlaydi. Qurilmada bir vaqtning o`zida ikkita sim-kartadan foydalanish mumkin. Unga ajrata olishi 640×480 pikselga teng bo`lgan 3,5 dyuymli NVGA displeyi va 5 megapikselli kamera ham o`rnatilgan.

Artel U30

Artel U30 ikkita sim-kartada ishlaydigan mobil telefon bo`lib, GSM 900/1800 Mhz standartini, shuningdek, 3G va Bluetooth’ni qo`llab-quvvatlaydi. Telefon 2,2 dyuymli ekran, 2 megapikselli fotokamera, 512 megabaytli doimiy xotira va 2 gigabaytli xotira kartasi bilan ta`minlangan.

Artel H20

Artel H20 telefoni GSM 850/900/1800/1500 standartlari va Bluetooth’ni qo`llab-quvvatlaydi; 2,4 dyuymli ekran va 2,4 megapikselli fotokamera bilan ta`minlangan. Qurilmaning doimiy xotirasi hajmi 128 megabayt, xotira kartasi esa 2 gigabaytga teng.

Artel D83

Artel D83 telefoni GSM 900/1800 standartida ishlaydi. Ekran hajmi 1,77 dyuym, kamera esa 0,8 megapikselli. Qurilmaning doimiy xotirasi 64 megabaytga, operativ xotirasi esa 32 megabaytga teng.

Kommentlar: 6 komment. 6 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Номаълум

    naxotki chikarib bulishdi! gap yo, telefonlar dizayni yomonmas, ayniqsa smartfonlarni!

  2. madina

    rebyata esli kto yznaet ceni etix telefonov,potom mojite soobshit zdes… pojalusta!

  3. Baxrom

    Муаллиф: madina – December 20, 2012 – sxodi v magazin Artel i pasmatri skolka stoit smile

  4. Joha

    samrtfonlar sifati qanaka ekan???

  5. Номаълум

    yaxshi qilibti!

  6. Номаълум

    mana uzbekiston xam rivojlanyapti!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social