Evropa Chempionlar Ligasi chorak finalida ishtirok etadigan klublar nomi aniq bo`ldi. Bu chempionat har doyim ham kutilmagan natijalarga boy. Shunday ekan, chorak finalga grand klublar emas, balki kuchlilar chiqdi. EChL chorak final baxslarida ishtirok etadigan sakkizta klublar nomi:
Ispaniyadan – “Real” Madrid, “Barselona”, “Malaga”
Germaniyadan – “Bavariya”, “Borussiya” Dortmund
Italiya – “Yuventus”
Frantsiya – “PSJ”
Turkiya – “Galatasaroy”
Bugun Shveytsariyaning N`on shahrida Evropa Chempionlar ligasi uchun qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi.
Sakkiz jamoa o`zlarining keyingi bosqichdagi raqiblari nomini bilib olishdi.
Qur`a natijasiga ko`ra, quyidagi juftliklar o`zaro kuch sinashadigan bo`lishdi:
1-juftlik: | 2-juftlik: |
Malaga – Borussiya | Real – Galatasaroy |
3-juftlik: | 4-juftlik: |
PSJ – Barselona | Bavariya – Yuventus |
Chorak final dastlabki o`yinlar 2-3 aprel` kunlari, javob bellashuvlari 9-10 aprelda bo`lib o`tadi. Yarim finalda uchrashadigan jamoalar nomi ushbu bosqichdan so`ng o`tkaziladigan qur`a natijasiga ko`ra aniqlanadi.
xa qiziq uyinlar buladi!
1-жуфтлик: 2-жуфтлик:
Малага – Боруссия Реал – Галатасарой
3-жуфтлик: 4-жуфтлик:
ПСЖ – Барселона Бавария – Ювентус
qura tashlash yaxshi buldiu,uyin esa undan xam yaxshi buladi!
деярли 90% уйин натижалари аник, аммо Бавария-Ювентус уйинни тахмин килиш жуда кийин, а так Галатасарай, ПСЖ ва Малага клублариям утган йили Челси курсатган натижасини курсатиши мумкин, улар учун бу куръа хам синов хам узларини курсатиш учун ажойиб имконият
Ajoyib o’yin guvohiga aylanar ekanmiz. Qiziq o’yin bo’ladi.
Real bu safar yutishi kerak!!!