EChL yarim finalchilari aniqlandi

EChL yarim finalchilari aniqlandi

9-10 aprel kunlari  EChL ning  final o`yinlarining javob uchrashuvi bo`lib o`tdi. Unda “Borussiya” “Malaga” kulibini o`z uyida qubul qildi. O`yin juda murosasiz kechnganiga qaramay qo`shimcha daqiqalarda kiritilgan ikki gol “Borussiya” ni yarim finalga olib chiqdi. Xisob 3:2.

Shu o`yin bilan parallel ravishda o`tgan ikkinchi o`yinda “Galatasaroy” o`z uyida “Real” ni qabul qildi. Qiziqarli kechgan o`yinda “Galatasaroy” “Real” 3:2 xisobida mag`lub etgan  bo`lsada, ikki o`yin natijasiga ko`ra “Real” yarim finalga yo`llanmani qo`lga kiritdi.

Chempionlar ligasi chorak finalida Myunxenning “Bavariya” klubi raqibi “Yuventus” jamoasini safarda o`tkazilgan uchrashuvda ham 0:2 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. Eslatib o`tamiz, Germaniyada o`tgan ilk uchrashuvda ham xuddi shunday hisob qayd etilgan edi.

“Bavariya” klubi prezidenti Frants Bekkenbauer “Yuventus”ga (2:0) qarshi kechgan uchrashuvdan so`ng o`zining fikrlari bilan o`rtoqlashdi. “Biz ikkinchi marotaba haqli ravishda “Yuve”ni engdik. Endi oldinda yarim final turibdi. To`g`risi, yarim finalda bizga “Borussiya” tushsa yaxshi bo`lardi. Shunda imkoniyatimiz yanada oshadi”, – deydi Bekkenbauer.

Evropa Chempionlar ligasining 1/4 final javob uchrashuvlari doirasidan o`rin olgan “Barselona” hamda “PSJ” klublari o`rtasidagi bahs nihoyasiga etdi. Unda 1:1 hisobi qayd etilib, durang natija bilan yakunlandi. O`yinning dastlabki daqiqalaridayoq parijliklar hujumga tashlanishdi. Lekin, birinchi bo`limda hisob ochilmadi. Baribir, birinchi bo`lib hisobni ochish PSJ klubiga nasib etdi. Pastore 50-daqiqada jamoasini oldinga olib chiqdi.

Shundan so`ng PSJ yanada hujumlarni kuchaytirdi. Ammo, vaziyatni o`nglash niyatida Tito Vilanova zaxirada o`tirgan Lionel` Messini o`yinga tushirdi va tavakkal qildi. Aytish kerakki, uning samarasi o`laroq, Pedro javob to`pini kiritishga erishdi. Messi jamoadoshiga to`pni ajoyib tarzda etkazib berdi. Kiritilgan goldan so`ng maydon egalar yana bosimni kuchaytirishdi. Ammo, tomonlar shu kecha 1:1 hisobini o`zgartira olishmadi. Birinchi o`yindagi 2:2 hisobi evaziga “Barselona” yarim finalga yo`l oldi.

Shu tariqa Chempionlar ligasi yarim finaliga “Real”, “Borussiya” va “Barselona” jamoalari qatori “Bavariya” ham yo`l oldi. Endi yarim finalda o`zaro kurash olib boradigan juftliklarni aniqlash uchun qur`a tashlash marosimi o`tkaziladi. Qur`a marosimi 12 aprel` kuni bo`lib o`tadi.

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Номаълум

    bavaria kuchli, agar yarim finalda barsa bilan tushsa juda chiroyli uyin bulardi

  2. Gol

    бавария хакикаттан хам кучли, куръа натижасини курамиз, лекин ман хам бавария-барса жуфтлигини куришни холирдим

  3. Номаълум

    bavaria-barsa; dortmund-real – taxminlar to’g’ri chiqdi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social