Evro 2012 yarim final o`yinlari

Evro 2012 yarim final o`yinlari

Evro 2012 o`yinlarining eng qizziqarli baxslariga etib keldik. Bu yarim final o`yinlarida haqiqatdan ham o`z o`yinlari bilan ajoyib futbol spektaklini namoyish etayotgan terma jamoalar ishtirok etishadi. Evro 2012 yarim finali birinchi baxsida Portugaliya – Ispaniya, ikkinchi baxsda esa Germaniya – Italiya final uchrashuvi uchun maydonga tushishadi. Bundan oldin terma jamoalarning yarim finalgacha bosib o`tgan yo`li:

Portugaliya 1:0  Chexiya

Portugaliya terma jamoasi chorak finalda Chexiya termasi ustidan 1:0 hisobi bilan g`alaba qozonib, Evro 2012 yarim finaliga chiqishga ega bo`ldi. Madridning “Real” klubi o`yinchisi Krishtianu Ronaldu ushbu o`yindagi 79 daqiqada yagona gol muallifi bo`ldi. Aytib o`tish kerakki, ushbu o`yinda Portugaliya Chexiya termasi ustidan juda katta ustinlikga ega bo`ldi va Chexiya terma jamoasi futbolchilar Ruya Patrisiu darvozasiga bitta ham xavfli vaziyat yaratishaolmadi.

Ispaniya  2:0  Frantsiya

Ispaniya terma jamoasi esa Evro 2012 choraq finalida 2:0 hisobi bilan Frantsiya termasi ustidan g`alaba qozondi. “Real”ning yarim ximoyachisi Xabi Alonso Ispaniya tarkibida 100 o`yinini o`tkazdi va ushbu o`yinda dublga erishdi. 19 daqiqada Alonso boshi bilan bergan zarbasi bilan topni Frantsiya darvozasiga junatgan, ikkinchi topini esa o`yin oxirida o`t bir metrlik jarima to`pidan kiritdi. Yarim final o`yinida Ispaniya Portugaliya terma jamoasiga qarshi baxs olib boradi.

1

Germaniya  4:2  Gretsiya

Germaniya va Gretsiya termajamoalari o`yinida 4:2 hisobi bilan Germaniya yirik g`alaba qozondi va Evro 2012 ning yarim finaliga yo`llanmani qo`lga kiritgan ikkinchi jamoa bo`ldi. Germaniya terma jamoa tarkibidan Filipp Lam (39 daqiqa), Sami Xedira (61 daqiqa), Miroslav Kloze (68 daqiqa) va Marko Roys (74 daqiqa) da o`zlarini ko`rsata olishdi. Gretsiya tarkibidan esa Giorgis Samaras (55 daqiqa) va Dimitris Salpingidis (89 daqiqada o`n bir metrlik jarimadan) Germaniya termasiga gol urishga muvofaq bo`lishdi.

Angliya 0:0 Italiya  (2:4)

Italiya terma jamoasi Angliya ustidan penal`tiylar seriyasida 4:2 hisobi bilan g`alaba qozonib Evro 2012 ning to`rtinchi yarim finalchisi bo`ldi. Butun o`yin mobaynida Italiyaliklar o`yinni boshqarib katta ustunlikka ega bo`lishdi, lekin Angliya terma jamoasi darvozasiga yo`l topa olishmadi. Shu bilan, Inglizlar ham Italiya terma jamoasi darvozasiga gol kira olishmadi.Natijada esa hammasi penaltilar seriyasida hal bo`ldi, Italiyalik yarim himoyachi Monitolivo zarbasi noaniq bo`ldi, ammo keyin ikki marta angliyaliklar ham xatto qilishdi. G`alaba to`pini penal`tiylar seriyasida Alessandro Dimanti kiritgan. Skuadra Adzura Evro 2012 yarim finalida Germaniyaga qarshi top surishadi.

2

Bu terma jamoalar o`rtasidagi o`yinlar ajoyib va juda qizziqarli bo`lishi kutilmoqda. Sababi aniq, yutgan jamoa Evro 2012 finaliga yo`llanmani qo`lga kiritadi. Demak bu yarim final baxslarida barcha terma jamoalarga va ularga muxlislariga omad tilaymiz!

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. medikal

    germanya va italiya oyinlari judda shiddatli bolsa kerak lek menga italya galaba qozonsa yahshi 4unki men ispaniya muhlisman spain chempion

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social