Futzal. O’zbekiston chorak finalda Vetnamni mag’lub etdi

Futzal. O’zbekiston chorak finalda Vetnamni mag’lub etdi

Xitoy Taypeyida davom etayotgan futzal bo’yicha Osiyo chempionatida chorakfinal o’yinlari o’tkazildi. O’zbekiston terma jamoasi bu bosqichda Vetnam futzalchilari bilan bellashdi va 3:1 hisobida g’alaba qozondi.

Oson bo’lmagan o’yinda O’zbekiston terma jamoasi Mashrab Odilov va Davron Choriev va Ilhom Hamroevlarning goliga raqiblar bittagina gol bilan javob berishdi xolos. Ushbu g’alaba vakillarimizga yarim final yo’llanmasini taqdim etdi.

Yarimfinalda O’zbekiston futzalchilariga Osiyoning eng kuchli termasi – Eron raqib bo’ladi.

Vetnam – O’zbekiston 1:3
Gollar: Luan (29) – Mashrab Odilov (9), Davron Choriyev (28), Ilhom Hamroyev (39)

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social