“Evropa ChL chorak finalchilar”

“Evropa ChL chorak finalchilar”

Evropa Chempion Ligasi

Evropa Chempionlar ligasining oxirgi qur`a tashlal marosimi bo`lib o`tdi. Unda chorak final juftliklar aniqlandi. Evropa klublari o`rtasidagi nufuzli musobaqa chorak finalida kutilgan jamoalar to`p suradigan bo`lishdi. Eslatib o`tamiz, bu qur`a tashlash marosimi ko`r ko`rona tarzda bo`lib o`tdi. Bu degani, bir ligada to`p suradigan klublar ham bu chorak finalda bir birlariga qarshi to`p surishlariga to`g`ri keladi. Demak Evropa Chempionlar ligasi chorak finalida qo`yidagi jamolar qo`yidagi juftliklarda ishtirok etishadi:

APOEL (Kipr) – Real (Ispaniya)

Marsel` (Frantsiya) – Bavariya (Germaniya)

Benfika (Portugaliya) – Chelsi (Angliya)

Milan (Italiya) – Barselona (Ispaniya)

Choraq finalning birinchi uchrashuvlari 27 va 28 mart kunlari bo`lib o`tadi, javob uchrashuvlari esa 3 va 4 aprel kunlari.

Qur`a natijasi yarim final bosqichiga qaysi juftlik g`olibi kimga qarshi to`p surishini qo`yidagi natijada aniqlab berdi:

Marsel` Bavariya – Apoel Real

Benfika Chelsi – Milan Barselona

Yarim final o`yinlari 17, 18 va 24, 25 aprel kunlari bo`lib o`tadi. Final uchrashuvi esa, Myunxenda 19 may kuni bo`lib o`tadi.

2

Evropa Ligasi

Evropa Chempionlar ligasida chorak finalida o`ynaydigan jamoalar o`zlarining raqiblarini bilib olganlaridan keyin, Evropa Ligasi chorak final juftliklari aniqlandi. Bu juftlik qo`yidagicha ko`rinishga ega:

AZ Alkmaar (Gollandiya) – Valensiya (Ispaniya)

Shal`ke (Germaniya) – Atletik Bil`bao (Ispaniya)

Sporting Lissabon (Portugaliya) – Metallist Xar`kov (Ukraina)

Atletiko Madrid (Ispaniya) – Gannover (Germaniya)

Evropa Ligasi chorak final o`yinlari 29 mart va 5 aprel kunlari bo`lib utadi.

Yarim finalga esa qo`yidagi juftliklar g`olib jamoalari chiqishadi:

Atletiko Gannover – AZ Valensiya

Sporting Metallist – Shal`ke Atletik

Yarim final o`yinlari 19 va 26 aprel kunlari bo`lib o`tadi. Final uchrashuvining nominal mezboni deb, yarim final birinchi g`olibi: Atletiko Gannover – AZ Valensiya jamoalaridan biri bo`ladi.

Kommentlar: 7 komment. 7 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. nodir

    chempion ligasi kura tashlash voobshem shikarniy chikdiyu smile

  2. jasur

    evropa ligasida xam, chempion ligasida xam menimcha ispaniya klublar golib bulishadi!

  3. umid

    menimcha chempion ligasida finalga barsa bilan real chiqadi, evropa ligasiga esa valensiya va shalke chiqadi.

  4. Номаълум

    endi seshanba kuni boshlanadi uyinlar smile qiziq kutamiz

  5. ravshan

    real,bavariya,chelsea va barselona keyingi bosqichga chiqadi!

  6. real

    real olg’a, barselonani albatta bu safar yutasiz!!!

  7. omad

    yana barsa bilan real uchrashadimi?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social