FIFA BALLON D’OR 2013

FIFA BALLON D’OR 2013

Hozirgina FIFA 2013-yilning eng yaxshi o`yinchilarni taqdirlash marosimi o`z nihoyasiga etdi. Futbol olamining eng mashxur yulduzlarini o`zida jamlay oladigan bu yilgi marosimdayam mashhur futbolchilar ishtirok etishdi. Shu jumladan Braziliyalik mashhur futbolchilar Pele va Ronaldo ham ishtirok etishdi va ular o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdilar.

Uzoq kutilgan marosimda, barcha Oltin to`p davogarlarini intizorlik bilan kutishdi. Biroq marosim avvalidan shu yilda bo`lib o`tadigan FIFA Jahon chempionati haqida fikrlar bildirilib o`tildi. Shundan so`ng yilning eng yaxshi murabbiyi e`lon qilindi. Unda esa Bavariyaning sobiq murabbiyi Yupp Heynkckes tengsiz deb topildi.

Marosimning yana qiziq jihatlaridan biri bu – faqatgina taqdirlash emas, balki qiziqarli video ko`rinishlar va jonli musiqa bilan davom etganidir. Bu esa marosimga yanada ko`tarinki ruh va a`lo kayfiyat bag`ishladi.

Marosim davomida FIFA 2013-yilning Fair Play sovrindor mamlakatini ham e`lon qildi va bu sovringa Afg`oniston Futbol Federatsiyasi loyiq deb topildi. Keyingi navbatda Puskas ya`ni yilning eng chiroyli urilgan gol sovrindori Zlatan Ibrahimovich tengsiz deb topildi.

Va nihoyat marosimning bezagi bo`lib kelgan vaqt, 2013-yilning Oltin to`p egasi nomi e`lon qilindi. FIFA ning 2013-yilgi Oltin to`p sovriniga va mavsum eng yaxshi futbolchi deb Kristiano Ronaldu topildi. Kristiano Ronaldu uzoq kutilgan sovrinni qo`lga kiritdi va hattoki marosim davomida hursandchilik ko`z yoshlari bilan o`z fikrlarini bilidirib o`tdi.

Foto:

1ab4f2074af64139b11c5f4422dc2d4429a7c61e314bc67a6cac17b1cca08cb275d437f76f671e2fbbef3cfb6bf7260e387a43541423de70ce68380319f679f5ee1f6a78642896140782680dacbd6add

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Исмингиз

    RONALDU ENG ZURI

  2. Molodes Ronaldo, baribir u zo’r, uni tabrikliman

  3. va nixoyat! juda xursandman Ronaldu uchun, 2013 u juda xam yaxshi uynadi. u loyiq edi ush bu sovringa!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social