O`zbekiston 1:0 Livan! Gol muallifi milliy terma jamoamiz sardori Server Jeparov. Bu g`alabadan keyin terma jamoamiz o`z hisobidagi 11 ochko bilan A guruhida birinchi o`rinni saqlab qoldi.
Vakillarimiz o`yinni ancha ehtiyotkorlik bilan boshlashdi. Hujum qilayotgan vakillarimiz to`pni yo`qotishgani zahoti orqaga qaytishga harakat qilishdi. Vaqt o`tishi bilan terma jamoamiz uyushtirgan xujumlar xavfli tus ola boshladi, lekin vakillarimiz gol urushlari uchun nimadir etishmadi va birinchi bo`limda hisob ochilmadi 0:0.
Mirjalol Qosimov tarkibga ikkinchi bo`lim boshida o`zgartirish kirita boshladi. Birinchi o`zgarishda Jasur Hasanov o`rniga maydonga Oleg Zoteev tushirildi. Lekin aytish mumkin Mirjalol Qosimov maydonga markaziy himoyachi Artyom Filiposyan o`rniga hujumchi Farhod Tojievni tushirishi o`yindagi shiddatni biroz oshirdi. Farxod maydonga tushishi bilan raqib darvozasiga bir qancha xavfli zarbalarni berdi, lekin livanliklar baxtiga bu zarbalar gol bilan yakunlanmadi.
Mana shundan keyin jamoamiz futbolchilari biroz jonlanishdi, xujum ketidan xujum uyushtira boshlashdi va nihoyat bu xujumlar 63-daqiqaga kelib o`z tasdig`ini topdi. Server Jeparov jarima maydoni markazida to`pni qabul qilib olib o`zi uchun qulay bo`lgan chap oyog`iga to`pni o`nglab oldi va zarba berdi. To`p yo`l-yo`lakay raqib futbolchisiga tegib darvoza to`ridan o`rin oldi. Yangi stadiondagi birinchi golni Jeparov sal`to bilan nishonladi.
Goldan keyin raqib jamoa ham jonlanib qoldi. Nafaqat men, balki butun futbol muxlislari ich ichidan o`yin oxirida futbolchilarimiz o`z darvozasidan gol o`tirib qo`ymasligini istab o`tirgan bo`lishsa ajabmas. Chunki bunday xolatning juda ko`p guvohi bo`lganmiz. Lekin bu safar unday bo`lmadi va jamoamiz bu hisobni o`yin oxirigacha saqlab qoldi.
Yangi stadion nafaqat jamoamizga balki butun o`zbekistonliklarga omad keltirdi. Istaymizki Qatar bilan kechadigan o`yinda ham bu omad jamoamiz tarafida qolsin. G`alaba muborak aziz yurtdoshlar!
уйин кутганимдек бумади, лекин барчани галаба билан табриклийман, хакикатданам галаба муборак!
barchani tabriklayman, endi oldinda koreya va qatar turibdi, olg’a Farhod
Фарходдан бундай уйинни кутмагандим, кейинги уйинлардаям шундай давом эттирсин
g’alaba muborak
Zatev va Farhodning o’yiniga qoil qoldim. Bo’larkanku. O’yin degan mana bunaqa bo’ladi.
bu yog’i nima buldi? brazilyaga boradigan buldikmi?
oldinda yana 2 uyin bor Korea va Qatar, xech bumanda birini yutish k-k