Germaniya terma jamoasi o‘z tarixidagi 1000-o‘yinni Ukrainaga qarshi o‘tkazadi. O‘yindan tushgan mablag‘ urushdan jabr ko‘rganlarga xayriya qilinadi

Germaniya terma jamoasi o‘z tarixidagi 1000-o‘yinni Ukrainaga qarshi o‘tkazadi. O‘yindan tushgan mablag‘ urushdan jabr ko‘rganlarga xayriya qilinadi

Futbol bo‘yicha Germaniya va Ukraina terma jamoalari o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

Har ikki mamlakat futbol assotsiatsiyalari mazkur o‘yin bo‘lib o‘tishini tasdiqladi. O‘rtoqlik maqomidagi xayriya o‘yini 12-iyun kuni Bremendagi “Vezershtadion”da bo‘lib o‘tadi. Bu Germaniya terma jamoasi tarixidagi 1000-o‘yin hisoblanadi.

Ukraina futbol assotsiatsiyasini prezidenti Andrey Pavlenkoning ma’lum qilishicha, o‘yindan tushgan mablag‘ Ukrainadagi harbiy harakatlar oqibatida jabr ko‘rganlarga taqdim etiladi.

Xalqaro maydondagi 1000-o‘yin — bu tarix va biz uni tinchlik o‘yini orqali nishonlamoqchimiz. Bizning jamoa o‘z faoliyati davomida ko‘plab muhim o‘yinlarni o‘tkazgan. Bu yubileyni Ukraina bilan birga nishonlayotganimiz va Ukraina uchun o‘tkazayotganimizdan faxrlanamiz, — deydi Germaniya futbol federatsiyasi prezidenti Bernd Noyendorf.

Germaniya, shuningdek, iyun oyidagi FIFA kunlarida Polsha (16-iyun) va Kolumbiyaga (20-iyun) qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Kommentlar: 13 komment. 13 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Молодцы!

  2. Barakalla!!!

  3. Aqlli fikr bopti!

  4. yess zor!

  5. STOPWAR!

  6. Rasulbek

    good zor zor!

  7. Маржона

    good good smile

  8. Odilbekov

    Juda yaxshi! Barakalla!

  9. Vau!

  10. Ajoyib yaxshi ish boʻlibdi

  11. Asliddin

    Dunyoda tinchlik bosin

  12. Shunday yaxshi amallar savob ishlarni bajaruvchi mehribon insonlar koʻpaysin insholoh

  13. Isfandiyor

    good good good

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social