Kanadada ayiq mashinaga chiqib olib, undagi 69 ta gazli suvni ichib qo‘ydi

Kanadada ayiq mashinaga chiqib olib, undagi 69 ta gazli suvni ichib qo‘ydi

Kanadada qora ayiq Erls Kov shahrida yashovchi fuqaroning mashinasiga o‘tirdi va mashinada bo‘lgan 69 quti gazlangan suvni ichdi, deb xabar bermoqda “Pravila jizni” nashri.

Mashina egasi Sheron Rozelning so‘zlariga ko‘ra, ayiq shirin ichimliklarni ichgan, biroq parhezbop gazlangan ichimliklarga tegmagan — mashinada uch quti shunday ichimlik bo‘lgan.

Rozelning oziq-ovqat mahsulotlarini tashuvchi yuk mashinasi bor, shu sababli uning mashinasida mijozlarga olib borilishi kerak bo‘lgan ichimliklar bor edi.

Sheron jurnalistlarga tonggi soat 3 da yovvoyi hayvon hidini sezgan itning hurishidan uyg‘onib ketganini aytgan. Ayol balkonga chiqqan va gazlangan suvni olayotgan ayiqni ko‘rgan.

Avvaliga u gazlangan suv o‘g‘risini baqirib quvib chiqarmoqchi bo‘lgan. Keyinroq Sheron turmush o‘rtog‘ining maslahati bilan yovvoyi hayvonning ustiga sovuq suv quygan, biroq ayiq bunga e’tibor bermagan. Oradan bir yarim soat o‘tgach, u hayvonni kuzatishni to‘xtatgan va tongda mashinasini tekshirgan.

Ayiq apelsinli gazlangan ichimlikni, kola va ildiz pivosini (Shimoliy Amerikada Sassafras daraxti qobig‘idan tayyorlanadigan shirin alkogolsiz ichimlik) ichgan. Bunga qo‘shimcha ravishda, ayiq charm qoplamani tirnagan va mashina salonini tartibsiz holatga keltirgan.

Sunshine Coast Bear Alliance mahalliy notijorat tashkilotining aytishicha, bu hududda juda aqlli ayiqlar yashaydi va ular mashinalarga mina oladi.

Kommentlar: 22 komment. 22 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Бечора

  2. Aziza

    cry cry cry

  3. Otabek

    Tiri qoganmikan keyn?

  4. Тимур

    Яхши савол

  5. Gulli

    Assalom alaykum bechora ayiq ahvoli juda yomon boʻlgandir

  6. Aziza

    Salom alaykum Gulli, bomisiz? Kurinmi kettiz

  7. Salima

    sad

  8. Gulli

    Assalom alaykum Aziza qalaysiz ha borman wifidan oylik tugagandi shubha chiqa olmadim uzr oʻziz qalaysiz nima gaplar olamda oʻzizda

  9. Aziza

    Salom Gulli, ha yuribman, uqiwlani tugawini kutib, uziz4i?

  10. Gulli

    Men shu har doimgidek uydaman uyda faqat uy ishlari bilanman

  11. Aziza

    Uyingiz tin4mi?

  12. Gulli

    Ha olohga shukr tinch

  13. Diyor

    sad bechora

  14. Ilmira

    sad sad sad

  15. A'zam

    dash sorry

  16. Saida

    Vay vay vay

  17. Umarbek

    cry bechora ayiqcha

  18. Diyoraxon

    sad sad sad sad sad sad sad sad sad sad sad sad sad

  19. Asliddinbek

    Tiri qoganmi endi?

  20. Qorakoʻz

    Balki tirik qolgandir oloh xoxlasa tegirmonga tushsa ham tirik chiqadi

  21. Oybek

    cry

  22. Gulli

    Bechora ayiqa rosa qiyin bolgandir nima bolsa ham yaxshi bolsinde

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social