Xosep Gvardiola “Bavariya” klubi bilan shartnoma imzoladi. Gvardiolani sotib olish uchun “Chelsi”, “Manchester siti” kabi nomdor klublar kurash olib borishgandi. Hattoki bu klublar taklif etgan maoshi ham “Bavariya” klubi taklif etgan ish maoshidan ancha ko`p edi. Lekin Xosep Gvardiola “Bavariya”ni tanladi.
Ispaniyalik iqtidorli yosh murabbiy nemis jamoasini 2016 yilgacha boshqarishga rozi bo`lgan va tomonlar 3 yillik kelishuvga imzo chekkanlar. Gvardiola yangi jamoasini shu yilning iyul` oyida qabul qilib oladi.
“Gvardiola bilan kelishib olganimizdan hursandmiz. U jahondagi eng omadli murabbiylardan biri. Aminmizki, uning “Bavariya”ga kelishi nafaqat klubga balki nemis futboliga ham katta naf keltiradi”, – deydi Rummenigge klub rasmiy saytiga bergan interv`yusida.
Qayd etib o`tish joiz, “Bavariya”ning hozirgi murabbiyi Yupp Xaynkesning shartnomasi shu yozda tugaydi va tomonlar uni cho`zmaslikka kelishib olishdi. Yupp Xaynkesni shartnomasi tugaganidan keyin murabbiylik faoliyatini yakunlashini aytib o`tdi.
Shunday qilib, Xosep Gvardiola “Bavariya” va “Barselona”da ishlagan 4-murabbiyga aylnadi. Oldinroq bu ikki klubda Rixard Kon, Udo Lattek va Lui van Gal kabi murabbiylar ish olib borishgan.
Хосеп гвардиола челсига мурббийлик қисаям бўларди. Ато челсини ўйнлари айниб кетдию
unga mos klub! omad PEP
билмадим, купчилик Гвардиолани Англия чемпионатига куркганлиги сабаб утмадим, яна кимлардир Моуринью Примьерога яна кайтишидан курди дейишмокда, лекин у жуда аклли мураббий, бундестин чемпионатиям анча киззикарли чемпионат, манимча у хам бир нарсани билиб туриб карор кабул килгандур
malades cotki 6tgan bavariya eng super kammanda ,