Hamyurtlarimiz Dohadan g’alaba bilan qaytishmoqda! Qatar – O’zbekiston 0:1

Hamyurtlarimiz Dohadan g’alaba bilan qaytishmoqda! Qatar – O’zbekiston 0:1

O’zbekiston guruhdagi ikkinchi uchrashuvni Qatar terma jamoasiga qarshi o’tkazdi. Milliy terma jamoa bosh murabbiyi ushbu uchrashuvga quyidagi tarkibni tushurdi: Alexander Lobanov, Vitaliy Denisov, Egor Krimets, Anzur Ismoilov, Islom To’xtaxo’jaev, Odil Ahmedov, Otabek Shukurov, Server Djeparov, Sardor Rashidov, Eldor Shomuradov, Igor Sergeev.

Uchrashuv ikkala bo’limi ham teng kuchlar ostida o’tdi. Ikkila jamoalar ham extiyotkorona o’yinni boshlashdi, lekin shunga qaramasdan ikkala jamoaning ham g’alabaga bo’lgan ishtiyoqi o’yin sura’ti ancha qiziqarli bo’lishini ta’minladi.

Aytish mumkin, ushbu uchrashuvda ham Babayan zahiradan o’yinchilarni maydong tushurishda adashmadi. Sardor Rashidob o’rniga Alexander Geynrix, Server Djeparov o’rniga Javohir Sohibov zahiradan maydonga tushirildi va bu o’zgarishlar o’yin sura’tini o’zgartirdi va natijasida 86 daqiqada termamiz uchun zarur bo’lgan go’lni tuxfa etdi.

Natijada milliy terma jamoamiz o’z guruhida 6 ochko bilan 1 o’ringa ko’tarilib oldi. Guruhdagi boshqa uchrashuvlarda Xitoy – Eron 0:0, Suriya – Janubiy Koreya 0:0 hisobida o’z yakuniga etgan.

G’alaba muborak aziz yurtdoshlar!

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Gol

    галаба учун катта рахмат ва манга футболчиларимиззи голли нишонлашгани йокди

  2. Doniyor

    G’alaba muborak!! shunday qilib davom ettirsak, 2018 yilda Rossiyada barchamiz O’zbekistonni qo’llab-quvvatlashga bora olamiz!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social