Ispaniya – Yevropa chempioni, Argentina esa Amerika Kubogi g’olibi

Ispaniya – Yevropa chempioni, Argentina esa Amerika Kubogi g’olibi

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining finalida Ispaniya va Angliya terma jamoalari 14-iyul, yakshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limi nisbatan ehtiyotkor o‘tdi va hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Niko Uilyams Yamalning uzatmasini golga aylantirdi. 73-daqiqada kelib, zaxiradan maydonga tushirilgan Palmer hisobni tenglashtirdi.

87-daqiqada Mikel Oyarsabal ispanlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Uchrashuv oxiriga qadar 2:1 hisobi saqlanib qoldi va De la Fuente shogirdlarining qo‘li baland keldi.

Shu tariqa Ispaniya 2024-yilgi Yevropa Chempionati g‘olibiga aylandi.

AQSHda o‘tgan Amerika Kubogi—2024 esa 15-iyul kuni yakuniga yetdi.

Final uchrashuvida chempion Argentina Kolumbiya milliy jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Asosiy vaqtda hisob ochilmadi. Qo‘shimcha bo‘limlarning ikkinchisida esa argentinalik hujumchi Lautaro Martines g‘alaba to‘pini kiritdi.

Shu tariqa, Argentina ketma-ket 2-marta g‘alaba qozondi. Argentina g‘alabadan so‘ng 16-bor o‘z qit’asida tengsiz jamoaga aylandi va Urugvayni (15) ortda qoldirib, mutlaq rekordchiga aylandi.

Lionel Messi jarohat sabab 66-daqiqada almashtirildi. Anxel Di Mariya esa milliy jamoadagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi.

Kommentlar: 33 komment. 33 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Congratulations heart

  2. Shoxrux

    Final zo’r bo’ldi, haqiqiy bitvalar bo’ldi

  3. Shoxrux

    Ispaniyani yoshlari o’yinni yorib yuborishdi

  4. Ularga omadlar tilab galaba bilan tabriklayman ajoyib oyin bolib otibdi lekin Messi jarohati sabab almadhtitilgandan keyin juda xafa bolibdi buni sezish qiyinmas suratlardan kordim

  5. Uyinni kordizmi?

  6. Vamos!

  7. Yoq hali Azizam endi koraman yozib koray oyini chiqarsa

  8. Futbolni yaxwi korishizi bilmagandim unknw

  9. Yaxshi o’yinlar bo’ldi

  10. Ozi unchalik yaxshi kormiman lekin bu oyin qiziqtirdi laugh Azizam

  11. heart heart Uyizda kuradiganla bormi?

  12. Hozirda mandan boshqa qiziquvchilar yoq rofl avval dadam korardilar keyin kormay qoygan futbol

  13. Okalariz kelishdimi?

  14. Azizam yoq hali kelishmadi akalarim futbolga qiziqmidi

  15. Remontila tugadimi?

  16. Ha tugagan remont alaqachon tugagandi hozir uyda zerikib otiribman

  17. Ishlar yoqmi?

  18. Ha yoq Azizam ishlar yoq hozircha hayvonlarga qarab boldim

  19. Faqat ertalablari 4iqvosilami?

  20. Hayvonlarga qaraydigan paytda kochaga chiqaman zaruratga qarab zarur ish bolmasa kochaga chiqmiman

  21. Uzoq joyga borasizmi ularni aylantirishga?

  22. Nozimbek

    good

  23. Assalom Alaykum Azizam qalaysiz gozalim Ha yoq uzoqmas uyni yonida

  24. A, Gulim, yaxshimisiz? Kayfiyatla yaxshimi?

  25. Assalom Alaykum Azizam Goʻzalim dugoshim qalaysiz yaxshimisiz Xayrli kun

  26. Boburino

    Vamossss

  27. Salom alaykum Gulim, yaxwimisiz? Man yaxwiman, bugun ko4a isib ketdi sad

  28. Hondamir

    bb cool

  29. Assalom Alaykum Azizam nimasini eytasiz bizda ham shu boshim vapshe ogridi issiq bolsa bugun juda xolsizlandim undan tashqari bu magnit tasiridan deyishyapti shu oyda

  30. Azizam bitta qizga juda yordam kerak uni 16 yoshda turmushga berishyapti ekan majburan nima qilishni bilmayapti qarshilik qilsa onasi uribdi bechora qizni nima qilishimiz mumkin agar rozi bolmasa uydan ket deyishipti

  31. Siz nikoh qurishga tayyormisiz degan maqolaga oting Azizam

  32. Hozir kiraman

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social