Argentina 1:0 Belgiya
1/4 final, stadion “Natsional`niy”, Brazilia
Braziliyada davom etayotgan futbol bo`yicha JCh-2014 ning uchinchi 1/4 final uchrashuvi bo`lib o`tdi. Mazkur o`yinda Argentina va Bel`giya jamoalari maydonga tushdilar va Argentina g`alaba qozonib, yarim final ishtirokchisiga aylandi.
O`yinning birinchi bo`lim, 8-daqiqasida urilgan yagona gol Argentinaning g`alabasini ta`minladi. Bel`giya uyishtirilgan xavfli vaziyatlardan foydalana olmada va JCh-2014 da o`z ishtirokini to`xtatdi.
Shunday qilib, Argentina yarim finalda Gollandiya yoki Kosta Rika jamoalarida biriga to`qnash keladi.
Gol:
8′ Iguain (1:0)
Tarkiblar:
Argentina: Romero, Basanta, Garay, Demikelis, Sabaleta, Maskerano, Bil`ya, Di Mariya (Entso Peres, 33), Lavessi (Palasio, 71), Iguain (Gago, 81), Messi
Bel`giya: Kurtua, Vertongen, Kompani, van Byuyten, Al`derveyrel`d, Fellaini, Vitsel`, De Breyne, Azar (Chadli, 75), Miral`yas (Mertens, 60), Origi (Lukaku, 59)
Ogohlantirishlar: Azar 53, Al`derveyreld 69, Bigliya 75
Bosh hakam: Nikola Ritstsoli (Italiya)
Qanot hakamlari: Renato Faverani, Andrea Stefani (Italiya)
To`rtinchi hakam: Bendjamin Uillyams (Avstraliya)
Video: