JCh—2022 saralashi ikkinchi bosqichi 5-turi doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda Saudiya Arabistonini qabul qildi.
O‘yinning 16-daqiqasida Eldor Shomurodov hisobni ochdi. Bu vaziyatda Ikrom Aliboyev raqibga bosim o‘tkazib, uni xato qilishga majbur bo‘ldi va qulay vaziyatda paydo bo‘lgan Eldor osonlik bilan raqib darvozasini ishg‘ol etdi.
O‘yinning 23-daqiqasida esa Rustam Ashurmatov jarima maydonida qo‘pollik qilgach o‘yin hakami Ryuji Sato 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi va Salmon al-Faraj vaziyatdan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi.
Ikkinchi bo‘limni O‘zbekiston vakillari faollik bilan boshlashdi va 56-daqiqada Otabek Shukurov penaltini aniq amalga oshirib, O‘zbekistonni hisobda oldinga olib chiqdi.
85-daqiqada Salmon al-Farajning jarima maydoni ichidan qaytgan to‘pga bergan zarbasi Farrux Sayfiyevga tegib, o‘zbekistonliklar darvozasi to‘riga borib tushdi.
O‘yin yakunida Salim al-Dovsari o‘zbekistonlik bir guruh himoyachilarini dog‘da qoldirib to‘pni Eldor Suyunov ustidan oshirib tashladi va jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Bu natijadan so‘ng saudiyaliklar ochkolari sonini 8taga yetkazib olishdi va guruhda yaqqol peshqadamga aylanishdi. O‘zbekiston 6ta ochkosi bilan hozircha guruhda ikkinchi o‘rinda qolmoqda.
JCh-2022 saralashi. 5-tur.
14 noyabr (payshanba)
O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni 2:3
Gollar: Eldor Shomurodov 16, Otabek Shukurov 56 penaltidan – Salman Al Faraj 23 penaltidan, 85, Salim Al Dosari 89.
O‘zbekiston: Eldorbek Suyunov, Hojiakbar Alijonov, Odil Ahmedov, Rustam Ashurmatov, Farrux Sayfiyev, Ikrom Aliboyev, Otabek Shukurov, Sanjar Qodirqulov, Jaloliddin Masharipov (Odil Hamrobekov 82), Dostonbek Hamdamov (Igor Sergeyev 90), Eldor Shomurodov.
Saudiya Arabistoni: Muhammad Al Ovays, Yosir Al Shahroni, Ziyod Al Sahafi, Muhammad Xubrani, Muhammad Al Burayk, Salmon Al Faraj, Yahyo Al Shehri (Navof al-Obid 72), Xattan Bahbri (Abdulaziz al-Beshiy 62), Abdulloh Otayf, Firas Al Buraykan, Salim Al Davsari.