JCh-2014: (1/8 final) Braziliya penal`tilar seriyasi bo`yicha g`alaba qozondi

JCh-2014: (1/8 final) Braziliya penal`tilar seriyasi bo`yicha g`alaba qozondi

Braziliya – Chili 1:1 (pen. 3:2) 

Braziliyada davom etayotgan futbol bo`yicha JCh-2014 1/8 final uchrashuvi doirasidan Braziliya va Chili terma jamoalari o`rtasidagi o`yin bo`lib o`tdi. Ushbu o`yinda Braziliya penal`tilar seriyasi bo`yicha 3:2 hisobida g`alaba qozondi.

Mazkur o`yinning asosiy bo`limi 1:1 hisobi bilan yakun topdi. O`yinning birinchi bo`lim, 18-daqiqasida David Luis hisobni ochgan bo`lsa, 32-daqiqada Sanches hisobni tenglashtirdi va qolgan vaqt davomida darvozalarga boshqa to`p kiritilmadi. Shuningdek, hakam tomonidan qo`shib berilgan qo`shimcha ikki bo`limda ham darvozalarning daxlsizligi saqlanib qoldi.

Shundan so`ng navbat penal`tilar seriyasiga berildi va unda Braziliyaning qo`li baland keldi. Hamda Braziliya keyingi bosqichga yo`l oldi.

Ta`kidlash joizki, Chili terma jamoasi ham sermahsul o`yin namoish eta oldi va Braziliyaga katta qarshilik ko`rsata oldi, lekin penal`tilar seriyasi lotereya kabi deyishganidek, Chili imkoniyatni boy berdi.

Gollar:
18′ David Luiz (1:0)
32′ Aleksis Sanches (1:1)

Tarkiblar: 

Braziliya: Julio Sezar, Dani Alves, Silva, David Luiz, Marselo, Fernandin`o (Ramires, 72), L. Gustavo, Oskar (Villian, 106), Neymar, Xalk, Fred (Jo, 64).

Chili: Bravo, Xara, Medel` (Roxas, 108), Fransisko Sil`va, Isla, Mena, Arangis, Marselo Dias, Vidal` (Pinil`ya, 87), Vargas (Felipe Gut`erres, 57), Aleksis Sanches.

Ogohlantirishlar: Xalk, 55, Luiz Gustavo, 60, Jo, 93, Dani Alves, 105+1 – Mena, 17, Fransisko Sil`va, 40, Pinil`ya, 102.

Bosh hakam: Xovard Uebb (Angliya)
Qanot hakamlari: Maykl Mallarki, Darren Kann (Angliya)
To`rtinchi hakam: Feliks Brix (Germaniya)

Stadion: “Mineyran”, Belu-Orizonti

Video:

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social