JCh-2014: Italiya ham pley-offga chiqa olmadi (+video)

JCh-2014: Italiya ham pley-offga chiqa olmadi (+video)

ItalyItaliya 0:1 UrugvayUruguay 

Braziliyada davom etayotgan JCh-2014 da kutilmagan natijalar qayd etilmoqda. Chempionatning “favaritlari” sanaladigan terma jamoalar birin ketin pley-off siz uylariga ravona bo`lmoqdalar. Kuni kecha Ispaniya JCh-2014da o`z ishtirokini to`htatdi, hamda bugun unga ikki “favarit” terma jamoalar – Italiya va Angliya qo`shildi.

Bugungi Italiya va Urugvay o`rtasidagi o`yin murosasiz kechdi va Godinning 81-daqiqada urgan yagona goli Urugvayga 1/16 final eshiklarini ochib berdi.

Shunday qilib, Urugvay terma jamoasi guruhda 6 ochko bilan ikkinchi o`rinni egalladi va Italiya 3 ochko bilan uchinchi pag`onani band qildi.

Gol:
81′ Godin (0:1)

Tarkiblar:

Italiya: Buffon, Bardzal`i, Bonuchchi, K`ellini, Darmian, De Shil`o, Verratti (Tiago Motta, 75), Pirlo, Markizio, Balotelli (Parolo, 46), Immobile (Kassano, 71).

Urugvay: Muslera, Kaseres, Xose Ximenes, Godin, Al`varo Pereyra (Stuani, 63), Al`varo Gonsales, Arevalo, Kristian Rodriges (Gaston Ramires, 78), Lodeyro (Maksi Pereyra, 46), Suares, Kavani.

Ogohlantirishlar: Balotelli, 22, De Shil`o, 77 – Arevalo, 46, Muslera, 90+1.
Chetlatish: Markizio, 59 (Italiya).

Bosh hakam: Marko Rodriges (Meksika)
Qanot hakamlari: Marvin Torrentera, Markos Kintero (Meksika)
To`rtinchi hakam: Mark Geydjer (AQSh)

Stadion: “Arena das Dunas”, Natal, Braziliya

Video:

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social