JCh-2014: Shveytsariya g`alabani ilib ketdi (+video)

JCh-2014: Shveytsariya g`alabani ilib ketdi (+video)

Shveytsariya 2:1 Ekvador

Braziliya maydonlarida davom etayotgan futbol bo`yicha JCh-2014
doirasidagi Shveytsariya va Ekvador jamoalari o`rtasidagi uchrashuv bo`lib o`tdi. Shuningdek ushbu uchrashuvni O`zbekistonlik Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi.

Hisob uchrashuvning birinchi bo`lim, 22-daqiqasida ochildi, unda burchakdan oshirib berilgan to`pni Ekvador a`zosi E. Valensia boshi bilan darvozaga yo`lladi.

Shveytsariya ikkinchi bo`limga kelib o`yin suratini oshira oldi va o`yinning 48-daqiqasida Mehmedi hisobni tenglashtirdi. O`yin tezligini oshira olgan Shveytsariyaliklar, hakam tomonidan qo`shib berilgan daqiqada gol urib g`alabani ilib ketdilar va golga Seferovich mualliflik qildi.

Shunday qilib, Shveytsariya 2:1 hisobida g`alaba qozonib, muhim uch ochkoni qo`lga kiritdi.

Gollar: 

22′ Enner Valensiya (0:1)
48′ Mexmedi (1:1)
90+3′ Seferovich (2:1)

Tarkiblar: 

Shveytsariya: Benal`o, Lixtshtayner, Djuru, fon Bergen, Rodriges, Inler, G.Djaka, Shakiri, Bexrami, Shtoker (Mexmedi, 46), Drmich (Seferovich, 75).

Ekvador: A.Dominges, Paredes, Eraso, Guagua, V.Ayovi, Grueso, Noboa, Antonio Valensiya, Montero (Roxas, 77), Enner Valensiya, Kaysedo (Arroyo, 70).

Ogohlantirishlar: Djuru, 84 – Paredes, 53.

Bosh hakam:   Ravshan Ermatov (O`zbekiston)

Qanot hakamlari: Uzbekistan Abdulxamidullo Rasulov, Kirgizstan Baxadir Kochkarov

Video: 

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social