J.Koreya – O`zbekiston 1:0

J.Koreya – O`zbekiston 1:0

O`yinda bir gol ko`rdik, bu golni Akmal Shorahmedov kiritdi, lekin gol koreyalik futbolchilar foydasiga ishladi Janubiy Koreya – O`zbekiston 1:0! Janubiy Koreya 2014 yili Braziliya maydonlarida bo`lib o`tadigan mundial ishtirokchisi.

Birinchi bo`limda urilgan avtogol futbolchilarimizning ruhiyatiga o`z ta`sirini o`tkazgani shubxasiz. O`yinning birinchi bo`lim so`ngi daqiqalariga qadar futbolchilarimiz juda yaxshi harakat qilishayotgan edilar. To`g`ri, o`yin boshidan koreyalik futbolchilarning xujumlari xavfli ko`rinish olganiga qaramasdan, futbolchilarimiz ikki marta uzoqdan xavfli zarbalar berishga imkon topishdi. Lekin koreyalik darvozabon bu zarbalarni bartaraf etdi.

O`yin ikkinchi bo`limi boshidan ko`pchilik futbol muxlislari Mirjalol Qosimovdan zaxira o`yinchilarini ko`rish istagida bo`lishgani aniq. Sababi Baqoevning bir o`zi koreyalik himoyachilarga bas kelaolishi juda qiyin edi. Lekin bunday bo`lmadi. Qosimov zaxira o`yinchilarini o`yinning 74 daqiqasidan boshlab tushira boshladi. Geynrix Baqoevni almashtirgan bo`lsa, keyinchalik Sanjar Tursunov Akmal Shorahmedov o`rniga va so`ngi o`zgarish Kapadze o`rniga Farhod Tojiev maydonga tushdi. Lekin bu o`zgarishlar va qolgan vaqt vaziyatni tenglashtirish uchun etmadi.

Shu bilan mundial masalasi guruhdagi so`ngi o`yin natijalariga bog`liq bo`lib qoldi. Nasib etsa  18 iyun Tashkentda bo`lib o`tadigan o`yinda O`zbekiston Qatar termasi ustidan g`alaba qozonsa va Janubiy Koreya Eronni mag`lub etsa, mundial bizga ham nasib etadi. 

Kommentlar: 6 komment. 6 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Gol

    билмадим, бошим котти – ахир купчили бу уйинни сабрсизли билан кутти мураббийдан жуда хафаман :(((((

  2. kerim

    men esa kimdan xafa bo’lishshi bilmayapman o’zimga ming marta vadalar bergandim wu o’zbek futbolini ko’rmiyman deb yana ko’rdim yana asab buzildi

  3. Номаълум

    mundial bizgayam nasib etarmikin xech bumaganda rahmatli Xojiboy akani aytganidey muzqaymoq eb kesayam mayli

  4. Jahon

    Qachongacha Koreya Eronni yutsa va Eron Koreyaga yutquzsa shunda jahon jempionatiga chiqamiz deb yuravaramiz. Eron Koreyani yutib qo’ysachi, unda nima?

  5. Gol

    тамом булади, хамма орзулар ниятлар пучга чикади – очигини айтсам кечаги эрон кореядан анча кучли

  6. 7778

    agar Eron Koreani yutsa biz Qatarri yiri hisobda yutishimiza shart

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social