La Liga. Real va Barselona restartni g‘alaba bilan boshlashdi

La Liga. Real va Barselona restartni g‘alaba bilan boshlashdi

Ispaniya chempionatida 28-tur o‘yinlari davom ettirilmoqda. Chempionat yetakchisi «Barselona» 98 kun ichidagi ilk o‘yinida «Malorka» mehmoni bo‘ldi va 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

2-daqiqadayoq Xordi Albaning uzatmasidan so‘ng Arturo Vidal hisobni ochdi. 37-daqiqada Martin Breytueyt «Barselona» safidagi ilk golini urib farqni ikkitaga oshirdi. Ikkinchi bo‘limda Alba hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.

O‘yinga qo‘shib berilgan uchinchi daqiqada Lionel Messi to‘rtinchi golni urdi. Messi ikkita golga assistentlik ham qildi. Bu g‘alabadan so‘ng «Barselona»ning ochkolari soni 61taga yetdi va kataloniyaliklar ikkinchi o‘rindagi «Real» bilan farqni 5 ochogacha oshirib olishdi. «Real» o‘z o‘yinini ertaga «Eybar»ga qarshi o‘tkazadi.

Ispaniya chempionati, 28-tur

Malorka – Barselona 0:4

Gollar: Vidal (2), Breytueyt (37), Alba (79), Messi (90+3).
Malorka: Reyna, Sastre (Games, 46), Valent, Railo, Kubo, Poso, Dani Rodriges, Sevilya (Salibur, 84), Pedrasa (Baba, 57), Budimir (Prats, 85), Ernandes (Lago Djunior, 46).
Barselona: ter Stegen, Arauxo, Pike, Serdji Roberto (Semedu, 71), Alba, Buskets (Artur, 71), de Yong (Firpo, 84), Vidal (Rakitich, 46), Breytueyt, Messi, Grizmann (Suares, 57).

La Liga 28-turi doirasida Madridning «Real» jamoasi «Estadio Alfredo Di Stefano» stadionida «Eybar» klubini qabul qilib, uzoq tanaffusdan keyingi restartni g‘alaba bilan boshladi.

Uchrashuvning 4-daqiqasida Toni Kroos jarima maydoni chizig‘i ustidan odatiy zarbasi bilan hisobni ochdi – 1:0.

30-daqiqada Serxio Ramos o‘zi boshlagan tezkor qarshi hujumni Benzema va Azar orqali rivojlantirib, bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi – 2:0.

Yetti daqiqa o‘tib, Azar jarima maydoniga yorib kirib zarba yo‘lladi. Darvozabon qaytargan to‘p oxir-oqibat Marseloga kelib tushib, himoyachi kuchli zarbasi bilan hisobdagi farqni uchtaga oshirdi – 3:0.

Mehmonlar ikkinchi bo‘limda biroz uyg‘onishdi. Ammo 60-daqiqada Bigas tomonidan kiritilgan yagona gol faqatgina hisobning qisqarishiga xizmati qildi, 3:1.

Ushbu g‘alabadan keyin «Real» ochkolari sonini 59taga yetkazib, peshqadam «Barselona» bilan farqni yana ikki ochkogacha qisqartirdi.

La Liga. 28-tur, 14 iyun (yakshanba)

Real Madrid – Eybar 3:1

«Estadio Alfredo Di Stefano» stadioni.

Gollar: 1:0 – 4 Kroos, 2:0 – 30 Ramos, 3:0 – 37 Marselo, 3:1 – 60 Bigas.

Real Madrid – Kurtua, Ramos (Militao, 61), Marselo, Varan, Karvaxal (Mendi, 46), Kazemiro, Kroos, Rodrigo (Beyl, 61), Modrich (Valverde, 84), Azar (Vinisius Junior, 61), Benzema.

Eybar – Dmitrovich, Oliveyra, Rafa Soaresh (Bigas, 57), Arbilya, Korrea, Eksposito, Alvares, Orelyana (Leon, 57), De Blasis (Inui, 78), Kristoforo, Kike Garsiya (Enrik, 57).
Ogohlantirish: Kazemiro (47).

 

Kommentlar: 6 komment. 6 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Muhammad Bobur

    Birin ozim pocim qilib. berdim bolimiz yoziwi

  2. Fazo.tv

    Futbolga qiziqasizmi?

  3. Muhammad Bobur

    wunmiman lekin kim yutsa ozimga yoqsa xursand bolaman moni albatta lekin balet qilmiman torisi

  4. Fazo.tv

    Qaysi komandalar yutsa xursand bo’lasiz?

  5. Muhammad Bobur

    Misolmi online bosez aytamn hazil misol Kimga omad Quwi qonganigada

  6. Fazo.tv

    rofl yaxshi)))

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social