“Liverpul” penaltilar seriyasida “Chelsi”ni mag‘lub etib, Angliya Liga Kubogiga ega chiqdi

“Liverpul” penaltilar seriyasida “Chelsi”ni mag‘lub etib, Angliya Liga Kubogiga ega chiqdi

Futbol bo‘yicha Angliya Liga Kubogining finalida “Chelsi” va “Liverpul” jamoalari 27-fevral, yakshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Qo‘shimcha bo‘limlarda ham darvozalar daxlsiz qolgach, penaltilar seriyasiga murojaat etildi.

Penaltilar seriyasida har ikki jamoaning barcha futbolchilari qatnashdi. So‘nggi zarbani yo‘llashda “ko‘klar” posboni Kepa Arrisabalaga yanglishdi.

Shu tariqa “Liverpul” Angliya Liga Kubogiga ega chiqdi.

Angliya Liga Kubogi

Final

27-fevral, yakshanba

“Chelsi” — “Liverpul” 0:0

Penaltilar seriyasi 10:11

“Chelsi”: Mendi (Arrisabalaga, 120), Aspilikueta (Jeyms, 57), Tiago Silva, Ryudiger, Chaloba, Alonso, Kovachich (Jorjinyo, 105), Kante, Pulishich (Verner, 74), Maunt (Lukaku, 74), Haverts.

“Liverpul”: Kelleher, Aleksander-Arnold, Matip (Konate, 90), van Deyk, Robertson, Henderson (Elliott, 79), Fabinyo, Keyta (Milner, 80), Saloh, Mane (Diogu Jota, 80), Dias (Origi, 97).

Ogohlantirishlar: Kovachich (90), Kante (99), Aleksander-Arnold (105), Haverts (105).

Kommentlar: 7 komment. 7 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Og'abek

    YNWA!!!!

  2. Champions!!!!!

  3. Maunt kasoy bumaganida, chelsi yutardi

  4. Laliddin

    good

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social